Bibliografiyaning jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati

Bibliografiyaning jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Bibliografiyaning jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Bibliografiyaning jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati Reja: Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida ma'lumot Bibliografiyashunoslik Bibliografiya nazariyasi Bibliografiyaning ahamiyati Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida ma'lumot Bibliografiya so'zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo'llanilgan. So'zma-so'z tarjima qilinganda biblion-kitob, grapho - yozaman degan ma'noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko'chirib yozish ma'nosida qo'llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko'chirib yozish qo'l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O'sha paytda bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o'qishni bilish talab qilingan bo'lsa-da, bu ish juda yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog'oz kashf bo'lgunga qadar O'rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda iðakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo'lyozma shakllarini tarqatishgan. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng jamiyat taraqqiyotining barcha bo'g'inlarida - siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma'naviyatda va madaniyatda ham tub o'zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to'plangan tajribalar, dunyo jamoatchiligi tomonidan o'zbek modeli deb tan olingan o'zimizga xos va o'zimizga mos bo'lgan taraqqiyot yo'li- kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo'lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o'zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga hamda shuuriga ulkan ta'sir ko'rsatmoqda. Ma'naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o'zligimizni chuqurroq anglash, milliy g'oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom ettirish, ta'lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va mamlakatimiz kelajagi bo'lgan bilimli, dono va ma'naviy barkamol kadrlarga bog'liq. Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, undan o'ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko'nikmasini, mahoratini, san'atini egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon dunyo miqyosida o'zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida ham, dunyo ma'naviyatidagi o'zgarishlar haqida ham bemalol o'z kutubxonasida o'tirib ma'lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste'molchilari o'rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo'lmoqda. Endi iste'molchi tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. 2006- yil 20- iyunda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlash to'g'risidagi qarorida aholiga axborot-kutubxonachilik xizmati ko'rsatishni yaxshilash, axborot-resurs markazlari sifatida kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tadbirlar belgilash, ularda o'sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini o'stirishga e'tiborni qaratish, aholining olamshumul axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalarining ham imkoniyatlaridan foydalanish vazifasi qo'yildi. 2011-yil 23-fevralda qabul qilingan bu qaror 2011-2015yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborotkutubxona va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.91 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.91 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga