BOBORAHIM MASHRAB G'AZALLAR 11-sinf adabiyot darsligi asosida 15-mavzu: «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!.» Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! Bo'lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?! Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?! Ibrohimdin qolg'on ul eski do'konni na qilay?! Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do'zaxin, Bo'lmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?! Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom, Oshkoro bo'lmasa, sirri nihonni na qilay?! Arshning kungurasin ustig'a qo'ydum oyog'im, Lomakondin1 xabar oldim, bul makonni na qilay?! Bir Xudodin o'zgasi barcha g'alatdur, Mashrabo, Gul agar bo'lsa qo'lumda, ul tikanni na qilay?! Tasavvufda tan va ruh muammosi ancha jiddiy ko'riladigan masala va muammolar sirasiga kiradi. Zero, tan insonga, ruh esa ilohiyotga daxldordir. Odatda, o'zini anglagan inson ruhida ilohiy sirlardan qisman xabardorlik mavjud bo'ladi. Jonon esa oshiq (solik) qalbida sodir bo'layotgan ilohiy ma'rifat darajasining ortib borishi bilan aloqador. Demak, bu baytda ilohiy ma'rifatga intilmasdan yashash umr mazmunini yo'qqa chiqaradi, degan haqiqat mujassamlashgan. Xuddi mana shu fikr keyingi baytda yana bir pog'ona bal androq pardalarda kuylanadi. Tasavvuf adabiyotida yor, jonon so'zlari ko'pincha ilohiy ma'rifatning oshiq qalbidagi jilolanishini anglatadi. Demak, Makka ziyoratiga borish uchun ham jiddiy tayyorgarlik talab etiladi. Bu talabning asosi ko'ngil pokizaligi, moddiy ehtiyoj va talablardan voz kecha olish, nafs qutqularidan forig' bo'lish, ko'ngil obodligi ustida qayg'urishdir. Bir qarashda jannat va do'zax tushunchalarini inkor etish dahriylik tushunchasi bilan bog'lanib ketganday bo'ladi. Aslida esa unday emas. Diqqat bilan qaralsa, Mashrab do'zax va jann atni boshimga uramanmi deganda yor vasli - ilohiy tajallini ko'r ishni nazarda tutgan. Agar o'sha darajaga yetmaydigan bo'lsa, yuqor idagi tushunchalarning ham mazmuni yo'qqa chiqadi. Ko'rinadiki, bu baytda ham yana ko'ngil ozodaligi nazarda tutilgan. Olamga boqqanda uning har bir bo'lagida, ya'ni insonni qurshab turgan moddiy jismlarning o'zida ham Yaratganning kuch va qudratini his etib turish kerak. Quyoshning paydoligi uning zarralarida namoyon bo'ladi. Xuddi shunga o'xshab Yaratganning o'zi ham u yaratgan narsalar vositasida anglanadi. «Sirri nihon» insonga ma'rifiy bilimlar tufayli anglanishi mumkin bo'lgan haqiqatlardir. Mashrab bir solik (yo'lovchi) sifatida bu uzun yo'lning asosiy bosqichlarini bosib o'tgan solik tilidan aytmoqdaki, «bodani ichgan solik Arsh kungarasining ustiga ham oyoq qo'ya oladi». Mayning ilohiy ishq yoki ilohiy ishq mujassamlashgan ko'ngil ramzi ekanini yodda tutsak, qo'yilgan qadamning ham, lomakondan xabar olishn ing ham ma'nosi bir qadar oydinlashadi. Ya'ni ilohiy ma'rifat egasigina emas, lomakon - makonning yo'qligi, yo'qlik olamidan ham xa-bardor bo'ladi. U olam ilohiy olam, ilohiyot olamidir. Ana shundan keyin oliy haqiqatga yetish mumkin bo'ladi. Buning uchun Yaratganning o'zidan boshqa hamma narsaning ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.49 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:58
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.49 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:58 ]
Arxiv ichida: ppt