Boburiylar davrida turkiy adabiyot Reja: 1. Boburiylar davrida turkiy tildagi adabiy muhitning shakllanishi va taraqqiyoti. 2. Muhammad Bayramxon she'riyati. 3. Komron Mirzo she'riyati. 4. Gulbadanbegim va uning Humoyunnoma asari. Muhammad Bayramxon - Bayram. Zahiriddin Muhammad Boburdan keyin Hindistonda turkiy-o'zbek tilida ijod qilgan shoirlardan biri Bayramxondir. Xoni xonon (xonlar xoni) unvoniga ega bo'lgan Muhammad Bayramxon nomi (taxallusi Bayram) XVI asrning birinchi yarmi Hindiston tarixi, madaniyati va adabiyotiga bag'ishlangan deyarlik hamma manbalarda tilga olinadi, uning harbiy- siyosiy faoliyati va adabiy ijodiga yuqori baho beriladi. Jumladan, Xo'ja Nizomiddin Ahmad Hirotiy (1550-1604)ning «Tabaqoti Akbariy», Abdulqodir Badayuniyning «Maosiri Rahimi», Abul Fazl Allomiy (1551-1602)ning «Akbarnoma»si va boshqa tarixiy-memuar asarlar hamda tazkiralarda Bayramxonning hayoti va ijodiy faoliyatiga doir ma'lumotlar uchraydi. Muhammad Bayramxonning fors-tojik va turkiy-o'zbek tillarida yozilgan she'rlari devonini dastlab 1910 yilda Kalkuttada ingliz sharqshunos olimi Denison Ross nashr ettirdi. U ikki qo'lyozmaga asoslangan bo'lib, ulardan birini unga hind olimi Xarinat De sovg'a qilgan. Bu nashrga Bayramxonning 979 bayt she'ri kirgan. Bayramxon hayoti va ijodiga oid birinchi maxsus ilmiy tadqiqot hind olimi Hakimali Kavsar Chandpuri qalamiga mansub. U 1931 yilda Agrada «Muhammad Bayramxon turkman» nomli monografiyasini nashr qilgan. Shoir she'rlarining eng mukammal nashri 1971 yilda Karochida amalga oshirilgan devonidir. U Said Husomiddin Roshidiy va Muhammad Sobir tomonidan bosmaga tayyorlangan hamda doktor Mahmud Hasan Siddiqiy unga kirish so'z yozgan. Noshirlar Ross nashridan tashqari, boshqa manbalardan ham foydalanishgan. Unga forsiy 618, turkiy 388 bayt she'rlari kiritilgan. Uning forscha qismi 5 qasida, 39 g'azal, 20 fard, 7 qit'a, 19 ruboiy, bir masnaviy va bir tarixdan iborat. Turkiy qismi esa 47 g'azal, 2 qit'a, 13 ruboiy va 5 fardni o'z ichiga olgan. Zahiriddin Muhammad Boburning nevarasi Akbar saroyida xizmat qilgan tarixchi Abdulboqi Nihovandiyning «Maosiri Rahimi» asarida Bayramxonning o'g'li Abdurahimning kutubxonasida Bayramxonning ikki ming bayt she'rni o'z ichiga olgan devoni bo'lganligi haqida ma'lumot bor. Nihovandiy ana shu devondan 419 baytni tanlab o'z kitobiga kiritgan. O'rta Osiyo xalqlari adabiyotida Bayramxonning hayoti va ijodi bilan dastlab turkman adabiyotshunoslari qiziqdilar. Atoqli turkman yozuvchisi Berdi Kerboboev, adabiyotshunoslar S.Ataev, B.Axundov, R.Alievlarning Bayramxon haqidagi maqolalari e'lon qilindi. Mati Ko'saev va Ruhi Alievlar 1970 yilda Ashxobodda Bayramxon she'rlarini turkman tilida nashr ettirdilar. Bu kitobdan shoirning 281 bayt turkiy she'rlari joy olgan va 171 bayt forsiy she'rlarining tarjimasi berilgan. Bayramxon ijodi o'zbek adabiyotshunoslarining ham diqqatini o'ziga jalb etgan. Jumladan, O'zFA Sharqshunoslik instituti tomonidan 1975 yilda nashr qilingan to'plamda berilgan maqolada Muhammad Bayramxon haqidagi ilmiy manbalar ustida fikr yuritilgan. Shoirning siyosiy va ijtimoiy faoliyatiga doir ayrim noaniqliklarni bartaraf qilishga harakat qilingan, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
66.48 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:58
Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
66.48 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:58 ]
Arxiv ichida: zip, docx