Bolalar adabiyoti fan sifatida Reja: 1.Bolalar adabiyoti fan sifatida. 2.Bolalar adabiyoti va folklorning fan sifatida shakllanish omillari. 3.Fanning o'ziga xos xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati. 4. Boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 5.Adresliligi va yo'naltirilganligi. 6. Xulosa. Bolalar adabiyoti fani hamda uning maqsad va vazifalari O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o'zining Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch kitobida ma'naviyat masalasiga alohida e'tibor berib, mana bunday deb yozadi, - Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo'qotsak, bu o'ta muhim ishni o'z holiga, o'zibo'larchilikka tashlab qo'yadigan bo'lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo'g'rilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o'zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin, - deydi va u o'z fikrini davom ettirib yozadi, - Ma'naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog'ini bosadi. Xuddi shuningdek, inson ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma'naviy chashmasini izlaydi. yer, oila, ota-ona, bolalar, qavm-qarindoshlar, qo'ni-qo'shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik-ma'naviyatning ma'nosi ana shunday juda keng Inson o'zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o'ylab, o'qib, mehnat qilib yashagandagina ma'naviyat bilan tutashadi. Bunday mas'uliyatli vazifani amalga oshirishda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo'lagi bo'lgan bolalar adabiyotining ham alohida o'rni bor. Xalqda, - adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga e'tibor, - deyiladigan juda katta ta'lim-tarbiyani o'zida jamlagan umumlashma bor. Bu umumlashmada adabiyotdan xabardor bo'lgan bolaning ilmi, odobi, yurishi, turishi, muomalasi, ota-ona-yu, vatanga mehr-muhabbati risoladek bo'lishi masalasi ilgari suriladi. Ko'rinadiki, bolalar adabiyoti oldida bajarilishi lozim bo'lgan juda muhim ishlar turadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 2009-yilda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisini qabul qilib, uyushma faoliyatining samaradorligini oshirish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish masalasi bo'yicha bergan ko'rsatmasida bolalar adabiyoti yuzasidan to'xtalib, - Ayniqsa, biz uchun g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'lgan bolalar adabiyotini rivojlantirishga alohida e'tibor berishimiz, mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishi, har qanday kitobxonlik, mutolaa madaniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz lozim, deb ta'kidlab o'tdi. Barchamizga ma'lumki, bolalar adabiyoti so'z san'ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoy uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o'y-fikrlar uyg'otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g'oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo'lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e'tiqodli va ona-Vatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.57 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.57 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:58 ]
Arxiv ichida: doc