Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari

Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Adabiyot
Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari Reja: 1. O'zbek bolalar adabiyoti va xalq og'zaki ijodi. 2. O'zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. 3. Bolalar adabiyotini davrlashtirish. 4. Ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytish Ijodkor xalq badiiy so'zning yosh avlod tarbiyasidagi kuchi va jozibasiga qadim zamonlardanoq ishongan . U o'zining eng noyob asarlarini so'z mo''jizasi bilan dunyoga keltirgan. Hali yozuv nimaligini bilmagan vaqtlarda ham odamlar o'yin-kulgini, surat chizishni bilganlar. Xalqimiz orasidan buyuk iste'dod sohiblari bahshilar, naqqoshlar, sangtarolar va roviylar yetishib chiqqanlar.Ularning asarlarida ko'hna tarix izlari, xalq termalari, dostonlarida ona allalari va bola o'yinlarida saqlanib qolgan. Ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar bolalarning dunyo qarashini kengaytiradi, bolaning ma'naviy dunyosini shakllantiradi. Bolalar endi o'z harakatlarida kattalarga taqlid qiladilar. Bolalarni yoshligidanoq foydali ishlarga o'rgatish mashg'ulotlar, qo'shiqlar, ertaklar orqali amalga oshiriladi. Bola allalagan ona o'ziga xos poeziya yaratadi. U beshik ustida bugun aytgan so'zlarini ertaga takrorlamaydi, nimadir qo'shib boyitibroq aytadi. Shu yusinda allalar, ermaklar, qo'shiqlar, termalar, topishmoqlar yig'ilib katta bir dengizni hosil qiladi. Bolalar folklori bola uchun ilk tarbiya darsligi, ma'naviy boyliklarning bitmas tuganmas xazinasidir. Har bir xalq bolalar adabiyotining vujudga kelishi o'sha xalqning ma'naviy tafakkuri bilan bog'liq. Shu tariqa xalqning o'zi farzandlari uchun maxsus adabiyotni maydonga keltirish tashabbuskori bo'lib chiqqan. Rus xalqi orasida jodugar kampir YaGA, yalmog'iz uchar ilon, TO'G'RI va EGRI to'g'risidagi ertaklar; turkiy xalqlar orasidagi ShIROQ, TUMARIS, GULDURSUN haqidagi afsonalar shuhrat qozongan. Xolbuki, bu ertaklarning yaratilishi eramizdan avalgi 6-4 asrlarga borib taqaladi. Shuningdek, turkiy xalqlar orasida hind va arab folklori namunalari ham keng yoyildi. Masalan: PANCHATANTIRA, KALILA va DIMNA, Romayana, MAXOBXARAT, MING BIR KECHA shular jumlasidandir. Bu holat yangi eraning boshlanishiga to'g'ri keladi. Eng qadimiy janrlardan biri bu qo'shiq janridir. Qo'shiqlarning ham eng qadimiysi bu beshik qo'shiqlari hisoblanadi. Bola tug'ilib tili chiqqunga qadar kattalar ularga Alla aytib beradilar, tarbiyachilar turli mashg'ulotlar o'tkazadilar, turmushga zarur bo'lgan dastlabki hayotiy qoidalarni o'rgatadilar. Beshik qo'shiqlari hamma xalqlarda bor. Xususan, ming yillar ilgari ham beshik qo'shiqlari bo'lgan. Beruniy, Ibn Sino asarlari orqali juda ko'p qo'shiqlar yetib kelgan. Beshik qo'shiqlarini kengroq ma'noda allalar, ovunmachoqlar, ibrat-o'gitlar deb aytiladi. A L L A L A R. Beshik qo'shiqlari bu alla demakdir. Allani qadimda B a l u - b a l u deb ham aytganlar. A.Navoiy esa allani n a v o g o' deb atagan. Alla turli xalqlarda turlicha atalgan: turklarda ninni, tatarlarda elli, belli, qoraqalpoqlarda heyya, va heyya va hokoza. Ularning vazifasi bir xil - bolalarni uxlatish, ovutishdir. Ibn Sino allani bola tarbiyasi haqidagi rolini quyidagicha ifodalaydi: Bolani mijozini kuchaytirmoq uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.64 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.64 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga