Bolalar folklori misollar

Bolalar folklori misollar

O'quvchilarga / Adabiyot
Bolalar folklori misollar - rasmi

Material tavsifi

Bolalar folklori Sanamalar Bir, ikki, uch, to'rt, Besh, olti, etti, sakkiz, To'qqiz, o'n O'nu o'n, Tulkiga to'n, to'lqining to'nining bahosi Bir- ikki so'm! Bir anordir, ikki anor; Uch anor-uchginasi, To'rt anor-to'rtginasi. Besh anor chambarda, Oltisi omborda Alag'ay-palag'ay, Uchdi-yu ketdi! Tezaytish Bir tup tut, Tutning tagida Bir tup turp. Tut turpni turtib turdimi? Turp tutni turtib turdimi? BOYCHECHAK Boychechagim boylandi, Qozon to'la ayrondi, Ayroningdan bermasang, Qozonlaring vayrondi. Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yugurib chiqqan boychechak! Boychechakni tutdilar, Tut yog'ochga osdilar. Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yugurib chiqqan boychechak! LAYLAK KELDI YOZ BO'LDI Laylak keldi yoz bo'ldi, Qanoti qog'oz bo'ldi. Laylak boradi toqqa, Quloqlarida halqa. halqasi tushib qoldi, O'tirdi yig'lamoqqa: -Men bibi hoji edim, Qizlarga boshchi edim. Qizlar o'yin tushganda, Men nog'orchi edim. Bir kun nog'oram buzildi. Tanoblari uzildi, Qor buvaning dastidan Qanotlarim so'zildi. OQ TERAKMI, KO'K TERAK (aytishma o'yinlar) -Qamar, qamar qamchini, Qovurg'aning yanchini. Oq terakmi, ko'k terak? Bizdan sizga kim kerak? -Kichkina Salim kerak. -Biz boyagi hovlida Bo'lib tarafma-taraf, Navbat bilan aytishdik, Taraf-tarafga qarab, Oq terakmi, ko'k terak? Bizdan sizga kim kerak? -Bizga kerak maktabda Eng a'lochi Alisher, Oq terakmi, ko'k terak? Bizga Alisher kerak. MAROSIM FOLKLORIDAN NAMUNALAR SUST XOTIN Sust xotin, suzma xotin Ko'lankasi maydon xotin! Yomg'ir yog'dir, ho'l bo'lsin, Yeru jahon ko'l bo'lsin. Maysalar quloq yozsin, Sut-u qatiq mo'l bo'lsin. Naqorat: Yomg'ir yog'dir, ko'l bo'lsin, Qurg'oqchilik yo'q bo'lsin, Arpa- bug'doy bosh tortsin, Kayvonilar osh tortsin. Yomg'ir yog'dir, ho'l bo'laylik, Biz ham senga jo'r bo'laylik. Ko'klamda o'ynab-kulib, Ham sho'x-u ham zo'r bo'laylik. Naqorat: Yomg'ir yog'di, do'l bo'ldi! Eru jahon ko'l bo'ldi! Shaftolilar barg yozdi, Dunyo to'la gul bo'ldi. Sust xotin, suzma xotin. YO , HAYDAR Haydar, ota-onang o'libdir, Moli senga qolibdir. Bolang suvga oqqandir, Shamolingni qo'yvor. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.55 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.55 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga