Bolalar folklori va mumtoz adabiyot namunalari

Bolalar folklori va mumtoz adabiyot namunalari

O'quvchilarga / Adabiyot
Bolalar folklori va mumtoz adabiyot namunalari - rasmi

Material tavsifi

Bolalar folklori va mumtoz adabiyot namunalari Reja: 1.Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog'liqligi. 2.Bolalar folklorining ma'naviy ahamiyati. 3.Mumtoz davr adabiyotida bolalar kitobxonligi 4. Mumtoz adabiyotning ma'naviy-axloqiy mohiyati. 5. Bolalar folklorida janr rang-barangligi. 6. Topishmoq, tez aytish, maqol, ertak va dostonlarning janr ko'lami. 7. Mumtoz davr bolalar adabiyoti janrlari, badiiy ertaklar, tez aytishlar, maqollar, allalar ko'rinishidagi tarbiya vositasi ekanligi. 8. Xulosa. Xalq og'zaki ijodi va bolalar kitobxonligi Folklor hamma zamonlarda ham ijod sarchashmasi hisoblanib keladi. Shuning uchun ham insoniyat alla, qo'shiqlar, afsonalar, ertak va dostonlarda o'zining yuksak orzu-umidlari, zavq-shavqi-yu, kurashlarini ifodalagan. Xalq og'zaki ijodi o'zining mazmunan rang-barangligi, yuksak g'oyalar bilan yo'g'rilganligi bilan yozma adabiyotdan ajralib turadi. Bolalar folklori ko'pincha kattalar tomonidan ijod qilinadi, ba'zi hollarda bolalar o'z o'yinchoqlari asosida o'zlari ham alla, qo'shiq va ovunmachoqlar to'qiydilar. Bularning hammasi bir bo'lib faqat yaxshi tarbiyani targ'ib qiladi. Bolalar xalq og'zaki ijodining pedagogika bilan bog'lanishi alladan boshlanadi. Alla - qo'shiq Alladir hayotda sevimli qo'shiq, Onalar kuylaydi yurakdan jo'shib. Bolasin umriga umrlar tilar,A Allaga dildagi niyatin qo'shib. Bu qanday sinoat, men bilolmadim, Ta'rifiga so'zlar topa olmadim Allalar eshitib, o'sib-ulg'aydim, Dard cheksam, allani tinglab sog'aydim! Bu hammaning gapi, hammaning dil so'zi, hammaning allaga, onaga iqrornomasi, ta'zimi. Yoshi ulug'mi, kichikmi alla eshitgan, alla og'ushida, ta'sirida o'sgan, ulg'aygan, esini tanigan, kamol topgan, inson bo'lgan. Alla xalq og'zaki ijodining eng oliy namunasi hisoblanadi. Allada onaning o'yi, xayoli, ezgu niyati, porloq kelajak uchun intilishi, kurashi o'z ifodasini topgan bo'ladi. Alla millat tanlamaydi, uning matnini tushunmasa-da, ohangi-ko'yini eshitgan har bir inson bosh chayqaydi, beshik kabi ohista tebranadi, orom oladi, o'zini-o'zi taniydi, xayoli bolaligiga ketadi, hayotda yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarini tuzatib olishga intiladi. E'tibor bering: Tol beshikni tebratib, Ona aytar qo'shig'in. Qo'shiq bilan tebratar Dunyoning tol beshigin. Bu beshikda ulg'ayar Necha ming, millionlar. Ona mehri ziyosi Yuraklarga yo'l olar. Bu beshikda tinglashar Mayin-mayin allalar. Uchib o'tgan el bilan Olam bo'ylab taralar. Tol beshikni tebratib, Ona aytar qo'shig'in. Qo'shiq bilan tebratar Dunyoning tol beshigin. Alla qadimiy xalq qo'shig'i. Alla va beshik xamohang yuradi. Bu haqda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino, - Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo'lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo'lgan iste'dodi hosil qilinadi, - deb alla va beshikning norasida kamolotida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tgan. Buni dildan his qilgan ona chaqalog'ini o'zi suyugan, e'zozlagan har narsadan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.56 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.56 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga