Bolalar ijodkori Anvar Obidjon asarlarida publitsistik janrlarning ifodaviyligi Reja: 1. Anvar Obidjon bolalar ijodkori 2. Anvar Obidjon asarlarida publitsistika janrlarning o'rni 3. Anvar Obidjon ijodining bolalarga tarbiyaviy ahamiyati Hajviy adabiyot an'analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste'dodli adiblardan biri Anvar Obidjon shoir, nosir va dramaturg sifatida o'nlab to'plamlar, kitoblar nashr etib ulgurdi. Anvar Obidjon Farg'ona viloyati, Oltiariq tumanining Poloson qishlog'ida 1947- yilning 25- yanvarida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. U hamkasblari kabi to'g'ridan-to'g'ri ijodga kirib kelmadi. 1964-yilda o'rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida o'qidi. Harbiy xizmatdan (1966 - 1969) qaytgach, 1969 - 1971 yillarda jamoa xo'jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman gazetasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981-yildan boshlab u Toshkentga ko'chib kelib, Yosh gvardiya nashriyoti, Yosh kuch, Mushtum jurnallarida va Cho'lpon nashriyotida bosh muharrir, direktor lavozimlarida faoliyat ko'rsatdi. Anvar Obidjon ijodi garchi 60-yillardan boshlangan bo'lsa ham, uning birinchi kitobi 1974-yilda Ona yer nomi bilan Yosh gvardiya nashriyotida bosilib chiqadi. Shundan buyon qariyib 20 yil davomida Masxaraboz bola, Bahromning do'stlari (1980), Olovjon va uning do'stlari (1983), Ey, yorug' dunyo (1983), Ketmagil, Bezgak shamoli (1985), Juda qiziq voqea(1987), Oltin yurakli avtobola (1988), Dahshatli Meshpolvon (1990) kabi she'riy va nasriy kitoblari chop etildi. Bulrdan tashqari, adibning Qo'ng'iroqli yolg'onchi, Pahlavonning o'g'irlanishi kabi pyesalari sahna yuzini ko'radi. Mazkur asarlarda hayotdagi nopok tomonlar, illatlar, nuqsonlar goh achchiq, goh istehzoli, goh mayin kulgi vositasida fosh etiladi. Anvar Obidjon keyinchalik Ramazon va Gulmat xangomasi(1992), Meshpolvonning janglari' (1994), Alisher ila Husayn yoki uch dono va o'g'ri (1996), Oltiariq xangomalari (199), Bulbulning cho'pchaklari (2001) va To'tiqush kabi qissa, pyesa va she'r, dostonlarini ham yaratdi. U O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yetti yilligida O'zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo'ldi. Aytishlaricha, Luqmoni hakimning oldiga bir guruh kishilar mehmon bo'lib keldi. Undan hikmatga oid narsalardan so'rashdi. Shunda kelganlardan biri: Ey hakim, sen falon yerda cho'ponlik kelgan kishi emasmisan? - deb so'rab qoldi. Ha, o'sha cho'ponman, - javob berdi Luqmon, - hozir ko'rib turibsanki hakimman. Bu darajaga qanday erishding? - so'radi yana u. Luqmoni hakim unga: To'g'ri so'zlashdan, odamlarga yaxshilik qilishdan, omonatga hiyonat qilmaslikdan, yolg'on so'zlamaslikdan, behuda gapirmaslikdan, musibat va qiyinchiliklarga mardona chidashdan, o'zimni barchadan kam olishdan! - deb javob berdi. Anvar Obidjonning butun ijodi yuqoridagidek vazifani o'zida mujassamlantirganligi bilan ajralib turadi. U har bir asarida bolalarni kamtar, odobli, o'qimishli, vatanparvar bo'lishiga undab keladi. Bola borki, nurga intiladi. Quyoshga talpinib yashaydi. Negaki quyosh bor joyda, nur bor, nur bor joyda ma'murchilik, xursandchilik bo'ladi. Ma'murchilik, xursandchilik bor joyda g'am, kulfat, ofat ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.68 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.68 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:59 ]
Arxiv ichida: doc