Bolalar she'riyatida hajviy obraz yaratish (80 - yillar she'riyati misolida)

Bolalar she'riyatida hajviy obraz yaratish (80 - yillar she'riyati misolida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Bolalar she'riyatida hajviy obraz yaratish (80 - yillar she'riyati misolida) - rasmi

Material tavsifi

Bolalar she'riyatida hajviy obraz yaratish (80-yillar she'riyati misolida) mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA 1.Tushuntirish qismi - Kirish. ……3 ASOSIY QISM I BOB. 80-YILLAR O'ZBEK BOLALAR SHE'RIYATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1. 80-yillar o'zbek bolalar she'riyatida realistik hajviy obraz yaratish usullari……12 I.2. Bolalar she'riyatida satira va yumor……19 II BOB. O'ZBEK BOLALAR SHE'RIYATIDAGI MAJOZIY OBRAZ YARATISHDAGI O'ZIGA XOSLIKLAR 2.1. Hajviylikning shaqliy izlanishlardagi badiiy-estetik ahamiyati ……36 2.2. Hajviy she'riyatda majoziylik va majoziy obraz….…….……49 XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……61 Kirish Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng Respublika madaniy hayotida o'ziga xos ma'naviy muhit maydonga keldi. Bu jarayonda ijod ahlining o'tkir so'zi alohida ahamiyat kasb etishi haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: Barchamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma'naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko'rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o'ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonatga, mehr-oqibatga qaratilgan haroratli so'zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda, - deb ta'kidlaydi. Farzandlarimizning bizdan ko'ra bilimli, aqlli, dono va albatta, baxtli bo'lishlari kerakligi ham shunchaki shoir bo'lmay, davlatimiz rahbarining yosh avlodga chinakam g'amxo'rligi nisxonasidir. Xalqimiz azal-azaldan farzandlarining har tomonlama sog'lom, yetuk insonlar bo'lib yetishishlarini ko'zlabish yuritgan. Bu borada turli tarbiya vositalaridan, shu jumladan, so'z san'atidan ham samarali foydalangan. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ijod erkinligi uchun keng imkoniyatlar paydo bo'ldi; yozuvchi va shoirlar ijodiy biografiyasiga yangi sahifalar ochildi. Hozirda yaratilayotgan badiiy asarlar mohiyat e'tibori bilan sho'ro davridagi ijod namunalaridan farqlanishi tabiiy. Ayni paytda, adabiyotshunoslik ilmi ham adabiyotimiz tarixi, hozirgi adabiy jarayonni tadqiq etishda milliy g'oya, milliy qadriyatlar, jahon ilm-fanidagi ilg'or metodlarga tayanib ish ko'ra boshladi. Ma'lumki, XX asrning 80-90-yillari, ya'ni istiqlol arafasida yozilgan badiiy asarlarda o'ziga xos adabiy-estetik pafos mujassam. Xususan, bu davr o'zbek bolalar she'riyatida hajviy obrazlar galeriyasini kuzatish mumkin. Zero, hajviy asarlar mohiyatan ko'zguga o'xshaydi: unda har bir kishi muayyan ma'noda o'zini ko'radi, xarakteridagi ba'zi salbiy jihatlarini tezroq bartaraf etishga kirishadi. Shuningdek, yosh kitobxon hajviy asarlar orqali ezgulik bilan yovuzlikni, go'zallik bilan xunuklikni, diyonat bilan imonsizlikni, to'g'rilik bilan egrilikni bir-biridan ajrata olish imkoniyatiga yanada ko'proq ega bo'ladi. Binobarin, hajviy asar tabiatiga xos bo'lgan kulgi orqali fosh qilish san'ati bolalarga do'q-po'pisa yoki nasihatdan ko'ra kuchliroq ta'sir ko'rsatadi. Bolalar bunday asarlarni o'qish bilan o'zlaridagi mavjud illatlardan ogoh bo'ladi va turli nojo'ya xatti-harakatlardan tiyiladi. Adabiyotshunoslikda hajviy asarlar doimo jiddiy e'tibor qaratib kelinishining asosiy sabablaridan biri ham shundadir. Ayniqsa, barkamol avlod masalasiga davlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralayotgan bugungi kunda ma'naviy madaniyatimiz va umumiy taraqqiyotimizga to'sqinlik qilayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.96 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.96 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga