Buddizm adabiyoti Reja: 1 Buddizm maktablari va ularning hind adabiyotiga ta'siir 2. «Jataka» 3. Qadimgi hind ertak va masallari 4. Ashvagxosha ( Ashvaghosha) 5. Eramizning birinchi ming yilligi adabiyoti Hindiston subkontinentida eramizdan avvalgi VI-II asrlarda hind jamiyatida g'oyaviy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu davrga kelib hukmron diniy g'oya bo'lmish braxmanizm jamiyatda o'z mavqeini yo'qota bordi. Braxmanizmning eskirib qolgan, hind jamiyatini ishonchini oqlamay qolgan g'oyalarining o'rniga yangi, o'sha davr talablariga javob bera oladigan, taraqqiyparvar g'oyalar shakllana boshladi. Braxmanizm, ma'lumki, hind jamiyatidagi eng yuqori tabaqa bo'lmish braxmanlarning manfaatini ko'zlovchi g'oyalardan iborat bo'lib, jamiyatning feodal-aristokratlari ham braxmanizm dini g'oyalariga, uning qonun qoidalariga amal qilar edilar. Chunki uning mazmuni oddiy xalqni o'ziga tobe qilish uchun qulay bo'lgan qonun-qoidalar majmuasidan iborat edi. Braxmanizm g'oyasiga ko'ra faqat braxman kastasi vakillarigina jamiyatdagi bor imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega edilar. Vaqt o'tishi bilan bu g'oyalar ham braxmanlarga bo'lgan ishonch ham o'z ahamiyatini yo'qota bordi. Hind jamiyati ong jihatdan o'zgarib diniy aqidalarning jamiyat muammolarini hal qilishdagi o'rnini anglab yetadigan bir darajaga yetgan edi. Taraqqiyot qonuniga ko'ra eski mafkura o'rnida yangisi shakllandi va u buddizm va jaynizm dinlari orqali hind jamiyatiga kirib keldi. Buddizm dini hind jamiyatining kastachilik tizimiga zarba bergan birinchi din hisoblanadi. Bu din Hindiston hududida eramizdan avvalgi VI asrlarda bunyodga kelgan. Uning asoschisi shahzoda Siddharta Gautama bo'lib, uning ko'p yillar davomidagi falsafiy izlanishlari, amaliy harakatlari natijasida yangi bir mafkura yaraldi. Bu mafkura ong faoliyati bilan, aqlni peshlash bilan bog'liq bo'lganligi sababli u keyinchalik «Boddxa dharm» atamasi bilan yuritila boshlandi. Bu atama sanskrit tilidan olingan bo'lib «boddxa» ( «aql», «dharm» ( «din» degan ma'nolarni anglatadi. Mazkur atama g'arb tillariga buddizm deb tarjima qilingan. Buddizm butunlay yangi din deyish xato bo'lgan bo'lar edi, chunki u hinduizm asosida, undagi inson ongi taraqqiyoti yo'lida to'sqinlik qilib kelayotgan holatlarni qayta ishlagan holda shakllangan. Buddizm birinchi bo'lib jamiyatda tengsizlikning sababchisi bo'lgan hinduizmning kastachilik tizimiga qarshi qAQSHatqich zarba berdi. Buddizmning yangi g'oyasi shundan iborat ediki, inson hayotidagi har bir yutuq va kamchiliklarga, azob-uqubatlarga o'zi sababchi va u dunyoning turli muammolaridan qutulishi uchun aqlini rasolashi kerakligini va bunga har bir inson, u qaysi kasta vakili bo'lishidan qat'iy nazar, erisha olishi mumkin ekanligini isbotlab berdi. Buddizm ilgari surgan yangi g'oya quyidagicha tavsiflanadi: Bu dunyo azobining mavjudligi. Azobning kelib chiqish sabablari. Azobdan qutulish mumkinligi va uning zarurligi. Buning yagona yo'li istaklardan voz kechish ekanligi. Mana shu g'oyalarga asoslangan holda Buddizm dini insonni aqlni rasolashga, bu dunyoning aldamchi orzu-umidlariga, nafsga berilishdan o'zini to'xtatishi zarurligi va bu jarayonda esa inson uchun ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
434.92 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
434.92 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:59 ]
Arxiv ichida: doc