Burhoniddin Marg'inoniy

Burhoniddin Marg'inoniy

O'quvchilarga / Adabiyot
Burhoniddin Marg'inoniy - rasmi

Material tavsifi

Burhoniddin Marg'inoniy BURHONIDDIN MARG'INONIY (to'liq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Farg'oniy al-Rishtoniy al-Marg'inoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlog'i - 1197.29.10, Samarqand)- buyuk faqih, imoMarg'inoniyDastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so'ng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qo'lida tahsil ko'rdi. Rishton, Marg'ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta'lim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom bo'lib yetishdi. 1149 y. haj safariga bordi. BurhoniddinMarg'inoniySamarqand sh.dagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan. Burhoniddin Marg'inoniy fiqh bo'yicha asosiy asari Bidoyat ul-mubtadi' (Boshlovchilar uchun qo'llanma)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy (1029 y. v.e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 y. v.e.) asarlariga tayanib yozgan. BurhoniddinM.ning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo'lgan. Shu sababli BurhoniddinM.ning o'zi 8 jildli sharh - Kifoyat ul-Muntahiy (Yakunlovchilar uchun tugal ta'limot)ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida Kitob al-Hidoya (qisqacha nomi Hidoya - To'g'ri yo'l)ni yaratadi (1178). BurhoniddinMarg'inoniybu kitobda o'sha zamonlarda mo'minmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas'uliyatlariga taalluqli juda ko'p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib ma'lum va mashhur bo'lib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi bo'yicha eng aniq, izchil, mukammal asar bo'lgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo'yicha nufuzli huquqiy manba - asosiy qo'llanma sifatida foydalanilgan (q. Hidoya). Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham hidoyat yo'lining sarboni deya katta hurmat-e'tibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor bo'ldi. Burhoniddin Marg'inoniyyana bir qancha asarlar yozgan: Nashr al-mazhab (Mazhabning tarqalishi), Kitob at-tajnis val-maziyd (Fuqarolik huquqini taqdim etish), Kitob ul-faroiz (Majburiyatlar haqida kitob), Maziyd fi furu ulhanafiy (Hanafiya mazhabiga qo'shimchalar) va BurhoniddinU o'z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko'rish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuyg'usi, o'z davrining huquqiy mszonlari asosida yashash, o'zganing mol-mulkiga ko'z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehroqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. BurhoniddinM.ning o'zi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo'lidagi fidoiyligi, kamtarligi o'z asarlarida biron marta ham men degan so'zni ishlatmay, bu zaif banda aytadi, deya hokisorlik bilan izoh berishida ham ko'rinib turadi Burhoniddinning ilmiy merosi o'z ahamiyatinn yo'qotmagan. Jahondagi ko'p oliy o'quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin Marg'noniyning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 534.01 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 534.01 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga