Rossiya va O'rta Osiyo munosabatlari tarixi fani Buxoro va Xiva xonliklarining bo'ysundirilishi mavzusidagi X u sh k e l i b s i z Ochiq darsiga Mavzu: Buxoro va Xiva xonliklarining bo'ysundirilishi. Reja: 1. Buxoro amirligining protektoratga aylanishi. 2. Rus - Xiva shartnomasi. 3. Mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. Adabiyotlar: 1. Karimov I.A Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch 2008y. T.O'zbekiston 2. Amir Sayyid Olimxon.Buxoro xalqining xasrati tarixi.T.1991. 3. Xolboyev S. Buxoro amirligining oltin xazinasi.T.2008. 4. Ziyoev X.Z. O'zbekiston mustamlaka va zulm iskanjasida. T.,2006. 5.Ziyoev X.Z. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash.-T., 1998. 6. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida.1 kitob.T.200. 7. Xorazm tarixi. II jild. Urganch 1997. Tayanch so'zlar: Buxoro amiri Muzaffar, Samarqand qamali, chor qo'shinlari, Buxoroning Chorizimga siyosiy tobeligi,Muzaffarxon sarbozlari,Xiva xonligi, Perovskiy qo'shini, Turkiston general- gubernatorligi, Gandimiyon shartnomasi,xalq qo'zg'alonlari, vabo isyoni, Dukchi Eshon qo'zg'oloni 1868 yil 1 mayda chorizm qo'shinlari bilan Buxoro amirligi qo'shinlari o'rtasida Samarqand ostonasidagi Cho'ponota tepaligida shiddatli va shafqatsiz jang bo'ldi. Amir qo'shinlari mag'lubiyatga uchradilar va 2 mayda ruslar Samarqandga kirib keldilar. Amir Muzaffar o'zining asosiy kuchlarini Zirabuloqqa to'plab, dushmanga zarba berishni rejalashtirdi. Bu yerda amir 15 ming otliq, 6 ming piyoda, 14 ta to'plarni yig'di. Ammo og'ir jangda amir qo'shini yana mag'lubiyatga uchradi. Amir Qizilqum ichkarisiga qochdi. Xalq bundan norozi bo'lib qo'zg'olon ko'tardi va Samarqandni ozod qilish uchun shahar atrofiga yig'ila boshladi. Qarshi, Kitob, Shahrisabz bekliklaridan kelgan vatanparvar kuchlar Samarqandda o'rnashib olgan chor garnizoniga qarshi jangboshladilar. 1868 yil 8 iyunda Turkiston general-gubernatori xabarni eshitib, bilan katta qo'shin tuzib Samarqandga qarshi yurish boshlaydi. Uning qo'shini Samarqandni qamal qilganlarni to'zg'itib yuboradi. Shahar ayovsiz talon-toroj etiladi. Kaufman o't ichida qoladi. Xalq qirg'in qilinib, qo'zg'olonda ishtirok etganlikda gumon qilinganlar otib tashlanadi, hech kimga omonlik berilmaydi. Ammo bu gal bosqinchilar ham katta talafot ko'radilar. Ulardan 275 kishi o'ladi va yarador bo'ladi. G'alabadan butunlay umidini uzgan amir Muzaffar mustamlakachilar bilan sulh tuzishga rozi bo'ladi. 1868 yil 23 iyunda amirning elchilari Samarqandda turgan Kaufman huzuriga keladilar. Kaufman Samarqand, Kattaqo'rg'on va Zarafshon daryosining yuqori qismini saltanat ixtiyoriga berishni va 500 so'm miqdorida tovon to'lashni shart qilib qo'yadi. Sulhga ko'ra, Buxoro amiri chet davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borish huquqidan mahrum qilinadi, rus savdogarlari uchun savdo-sotiq qilishga oid ko'pdan-ko'p imtiyozlar beriladi. Amir o'zining chorizmga siyosiy tobeligini to'la tan oladi Buxoro amiri urushni rasman to'xtatib, chorizmga tobeligini tan olganligi hurfikrli vatanparvarlarning qattiq noroziligiga sabab bo'ladi. Hatto amirning o'g'li Katta To'ra (Abdumalik) va bir necha nufuzli beklar bilan birlashib, Muzaffarxon va istilochilarga qarshi kurashni davom ettiradilar. Katta ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.51 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:00
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.51 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:00 ]
Arxiv ichida: ppt