Chingiz Aytmatov 2

Chingiz Aytmatov 2

O'quvchilarga / Adabiyot
Chingiz Aytmatov 2 - rasmi

Material tavsifi

Chingiz Aytmatov (1928 yilda tug'ilgan) Chingiz To'raqulovich Aytmatov hayot yo'li Chingiz To'raqulovich Aytmatov XX asr qirg'iz adabiyotining eng iste'dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri bo'lib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirg'izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ilgan. Bobosi Aytmat og'a ajoyib qo'buzchi, otasi To'raqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa o'qimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirg'iz maktabida o'qidi, qishloq sho'rosida kotib, soliq yig'uvchi, brigada hisobchisi bo'lib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirg'iziston qishloq xo'jalik institutini tamomlagan. 1956 - 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qo'ygan bo'lib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shug'ullanadi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi bo'ldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan. Chingiz Aytmatov Qirg'iziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil O'zbekistonning «Do'stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg'iziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro «Oltin me'dal» mukofoti ta'sis etilgan (199). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirg'iz tilida yozib, so'ng o'zi rus tiliga tarjima qilingan. Ba'zi asarlari esa, avval rus tilida yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») so'ng qirg'iz tiliga o'girildi. Asarlari; «Yuzma-yuz», «Sarvqomat dilbarim», «Somon yo'li» (1963), «Momo yer», «Alvido Gulsari» (1966), «Oq kema», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» (1977), «Hoshim», «Gazetachi Dzyuydo», «Oq yomg'ir», «Sepoyachi», «Qiyomat» (1986, qahramonlari: Ober-Kandalov, Iso, Avdiy, Pontiy Pilat, Iuda, Grishan, Bozorboy, Ko'chqorboev, Guram Juxadze, Bo'ston, Sandro va boshq.), «Birinchi muallim» (1962), «Asrga tatigulik kun», «Kasandra tamg'asi» (1990), «Erta qaytgan turnalar» va boshq. «Oq kema» qissasi haqida Bu qissa 1970 iilda yozitgan bo'lib, 7 qismdan iborat. Asar qahramonlari kuyidagilar: Mo'min chol (u asarda «juda qartayib qolgan, yakkayu yolg'iz o'g'li urushda halok bo'lgan, umr bo'yi bir yostiqqa bosh qo'yib yotgan xotinidan ajralgan, eng katta baxtsizligi - uning qizlariga baxt kulib boqmagan» deya ta'riflangan), O'razqul, Bekey, bola (baliq bola uchun erk va qudrat ramzi edi) va boshq. «E bo'tam, hofizlar hamdu sano o'qishda bahslashsa - qanday yaramaslik, ular qo'shiqchidan qo'shiq kushandasiga aylanishadi. E, bo'tam, qadimgi odamlardan kolgan gap bor: «Boylik - takabburlikni, takabburlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, ppt
Fayl hajmi 6.02 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: zip, ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, ppt
Fayl hajmi 6.02 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, ppt
Tepaga