Chingiz Aytmatovning Jamila qissasi

Chingiz Aytmatovning Jamila qissasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Chingiz Aytmatovning Jamila qissasi - rasmi

Material tavsifi

BuxDU filologiya fakulteti o'zbek filologiyasi ta'lim yo'nalishi 3-kurs D guruh talabasi Rasulova Maftunaning Adabiyot o'qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi. Mavzu: Chingiz Aytmatovning Jamila qissasi Chingiz To'raqulovich Aytmatov XX asr qirg'iz adabiyotining eng iste'dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri bo'lib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirg'izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ilgan. Bobosi Aytmat og'a ajoyib qo'buzchi, otasi To'raqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa o'qimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirg'iz maktabida o'qidi, qishloq sho'rosida kotib, soliq yig'uvchi, brigada hisobchisi bo'lib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirg'iziston qishloq xo'jalik institutini tamomlagan. 1956 - 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov Qirg'iziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil O'zbekistonning «Do'stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg'iziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro «Oltin me'dal» mukofoti ta'sis etilgan (199). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Aytishlaricha, qiyinchilik ko'rmaguncha yaxshi kunlarning qadriga yetmaysan. Bolalikda men hayotni yorqin, go'zal tasavvur etgan bo'lsam, endi u ko'z o'ngimda o'ta achchiq, og'ir, beshafqat tarzda namoyon bo'ldi. Men xalqimning boshqa bir sharoitdagi, Vatan taqdiri xavf ostida turgan paytdagi, ruhiy va jismoniy jihatdan nihoyatda zo'riqqan davrlardagi ahvol-ruhiyatini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Urush yillari RayFOda soliq agenti, keyin bug'doy yig'imida traktorchilar brigadasi hisobchisi bo'lib ishladim. Urush davom etar, hayot esa ko'z oldimda xalq kundalik turmushining yangidan yangi sahifalarini ochib berardi. Bu taassurotlarimning hammasi «Jamila», «Qizil durrali sarvqomatim», «Momo yer», «Yuzma-yuz»da aks etgan. Chingiz Aytmatovning «Jamila», «Qizil durrali sarvqomatim», «Bo'tako'z», «Birinchi muallim», «Erta qaytgan turnalar», «Momo yer», «Alvido, Gulsari», «Oq kema» qissalari, «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat» romanlari XX asr jahon adabiyotining noyob durdonalari hisoblanadi. Bu asarlar jahonning yetmishdan ziyod tiliga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov nomini jahonga mashhur qilgan asar «Jamila» qissasi bo'ldi. 1958-yilda yozilgan bu asar hozirgacha qirqdan ortiq tillarga tarjima qilingan. Qissani fransuz tiliga tarjima qilgan Lui Aragon uni «muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb baholaydi. Bu kichik qissadan keltirilgan parchani o'qib, o'zingiz xulosa chiqararsiz. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.25 MB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.25 MB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga