Cho'lpon kichik nasriy asarlari poetikasi Reja: XX asr boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining o'ziga xosligi. Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga ta'sirin va Yevropaadabiyoti Jadid adabiyotining yorqin namoyandalari Cho'lpon va uning Adabiyot nadir? nomli maqolasi Badiiy adabiyot taraqqiyotining ichki omillari mavjudligi va ularning ahamiyatini zarracha inkor yetmagan holda, biz har bir davr adabiyotining g'oyaviy-mazmuniy hamda poetik xususiyatlari, avvalo, o'sha davrning ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi, deb hisoblaymiz. Shu bois ham Cho'lpon poetikasi haqidagi mulohazalarimizni u adabiyotga kirib kelgan davr shart-sharoitlariga, xususan, adibning ijodiga beqiyos katta ta'sir ko'rsatgan jadidchilik harakatiga qisqacha to'xtalishdan boshlash zarurdir. XX asr boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining o'ziga xosligi, ma'lumki, ikki asosiy omil: I) kapitalistik ijtimoy munosabatlarning qaror topa boshlagani hamda 2) Turkistonning mustamlaka o'lkasi bo'lganligi bilan belgilangandir. Ya'ni, yurtimizda yangicha ijtimoiy munosabatlarning qaror topa boshlashi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning tabiiy hosilasi emas, ko'proq tashqi omillar ta'siri bilan bog'liq edi. Ijtimoiy taraqqiyot bobida Yevropamamlakatlaridan ancha ortda qolgan Rossiya ta'sirida hali anchagina mustahkam feodal asoslarga kapitalistik munosabatlar payvandlana boshlandi. Albatta, bu narsa ijtimoiy-taraqqiyot sur'atini tezlatdi, biroq yurtimizda eskilik va yangilikning ajib quramasi vujudga keldiki, har ikkisining orasidagi farq yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. Bu esa, tabiiyki, eskilikni tugatish, jamiyat hayotini isloh etishu millatni taraqqiy ettirish zaruratini kun tartibiga qo'ydi. Ayni shu zaruratni teran idrok qilgan fidoiy ziyolilarimizni yagona MAQSAD atrofida birlashtirgan ma'rifiy-islohiy harakat milliy tariximizga jadidchilik nomi bilan kirdi. Ma'lumki, jadidchilik harakatini atroflicha va ilmiy xolis o'rganila boshlanganiga xali ko'p bo'lganicha yo'q, u haqdagi yirik fundamental tadqiqotlarning paydo bo'lishi yaqin kelajakda kutiladi. Tabiiyki, biz bu o'rinda jadidchilik harakatining mavzuimizni yoritish uchun zarur o'rinlarigagina to'xtalamiz. Asrimiz boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga ta'sirini yorqinroq tasavvur qilish uchun, fikrimizcha, uni Yevropaadabiyoti tarixi bilan muqoyasa qilish foydalidir. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, jadidchilik harakati o'zining ko'p jihatlari bilan XYII asrda Yevropada keng quloch yoygan ma'rifatchilik harakatiga o'xshashdir. Har ikki harakatga xos mushtarak nuqtalarga bir qur nazar solinsayoq, bizningcha, bu fikrimizda jon borligi anglashiladi. Avvalo shuki, har ikki harakat ham feodal asoslar yemirilib, ularning o'rnida kapitalistik munosabatlar qaror topa boshlagan paytda maydonga kelgan. Ya'ni, har ikki harakatning yuzaga kelishini zaruratga aylantirgan ijtimoiy tarixiy sharoitning o'xshashligi ulardagi o'xshashlikni keltirib chiqargan. Feodal ijtimoiy munosabatlardan farq qilaroq, kapitalistik munosabatlar jamiyatning har bir a'zosi uchun teng boshlang'ich (start) imkoniyatlar ochishi bilan xarakterlanadi. Yangi sharoitda insonning taqdiri va jamiyatdagi o'rnini ilgarigidek ijtimoiy kelib chiqishi emas, aqlu zakovati, tadbirkorligiyu omilkorligi belgilaydi. Ko'rinadiki, yangicha ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy maqomini o'zgartirdi, u endi o'zini ijtimoiy shaxs sifatida - jamiyatning va o'zining hayotiga faol ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.57 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.57 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:00 ]
Arxiv ichida: doc