Cho'lpon kichik nasriy asarlarida tagma'no qatlami

Cho'lpon kichik nasriy asarlarida tagma'no qatlami

O'quvchilarga / Adabiyot
Cho'lpon kichik nasriy asarlarida tagma'no qatlami - rasmi

Material tavsifi

Cho'lpon kichik nasriy asarlarida tagma'no qatlami Reja: Badiiy asar mazmun-mohiyatini anglash Cho'lpon ijodiyoti Cho'lponning tasavvufona she'rlari Cho'lpon ijodiyotida SHAXS erki, millat erki (Men va boshqalar) muammolarining badiiy talqini Badiiy asar mazmun-mohiyatini anglashning muhim sharti unga sistem butunlik sifatida yondoshish ekanligini ko'rib o'tdik. Biroq bu o'rinda boshqa bir muhim jihatni ham e'tibordan qochirmaslik lozim. Modomiki badiiy asarni GAP deb tushunarkanmiz, gapning mazmuni uni tashkil qilayotgan so'zlaru ularning grammatik munosabatlari bilangina belgilanmasligini unutmaslik darkor. Yuqorida aytilganidek, M.Baxtin badiiy asarni nutqiy jarayonning bir zanjiri deb biladi, dialogdagi replikaga tenglaydi. Ma'lumki, suhbat jarayonida aytilayotgan gap mazmuni so'zlovchi shaxsi, uning ayni paytdagi ruhiy holati, suhbatdoshlar bilan o'zaro munosabati, suhbat jarayonida aytilgan boshqa gaplar, suhbatning umumiy mazmuniyu ruhiy atmosferasi kabi qator jihatlar bilan-da bog'liq. Deylik, birgina Xo'p! degan so'z-gap har bir konkret sharoitda turlicha ma'nolarni ifodalashi, hatto, konkret nutqiy sharoitda ham turlicha (ya'ni, suhbatdoshlarning har biri o'zicha) tushunilishi mumkinligi sir emas. Demak, bu gapni yuqoridagicha jihatlarga ko'z yumgan holda tushunmoqchi bo'lsak, biz anglagan mazmun ma'lum ma'noda subyektiv bo'lib chiqadi. Shunga o'xshash, badiiy asarga muallif yuklagan mazmunni uni tashkil etayotgan unsurlar aloqasiyu o'z ichki butunligidangina kelib chiqib, immanent holda tushunib bo'lmaydi. Nemis faylasufi, germenevtika - tushunish nazariyasining yirik namoyandalaridan biri G.-G.Gadamer: Kak otdelnoye slovo vxodit vo vzaimosvyazannoye seloye predlojeniye, tak i otdelniy tekst vxodit v svoy kontekst - v tvorchestvo pisatelya, a tvorchestvo pisatelya - v seloye, obnimayusheye proizvedeniya sootvetstvuyushego literaturnogo janra ili voobshe literaturi. A s drugoy storoni, etot je tekst, buduchi realizatsiyey izvestnogo tvorcheskogo mgnoveniya, prinadlejit dushevnoy jizni avtora kak selomu. Lish v predelax takogo obyektivnogo i subyektivnogo selogo i mojet sovershatsya ponimaniye, ( deb yozadi. Ko'ramizki, G.Gadamer konkret asar kiradigan butunlikning obyektiv (yozuvchi ijodi) va subyektiv (uning ruhiy hayoti) tomonlarini ajratadi. Bizningcha, bu o'rinda uchinchi jihat - yozuvchining hayot yo'lini ham olish zarur ko'rinadi. Tabiiyki, bu holda konkret asar kiradigan kontekstlar doirasi yanada kengayadi, zero, yuqoridagi uch jihatning har biri qism sifatida boshqa butunliklarga kirib boradi. Aytaylik, yozuvchi hayotining konkret asar yozilgan bosqichi uning butun hayot yo'liga nisbatan qism bo'lgani holda, yozuvchining hayot yo'li to'laligicha jamiyat hayotiga nisbatan qism bo'lib qoladi. Ravshanki, bu xil munosabatni yanada kengaytirib borish ham mumkin. Bundan ko'rinadiki, germenevtikaning asosiy tamoyili butunni qism, qismni butun orqali tushunish ekanligini e'tiborga olsak, TUSHUNISH benihoya murakkab va intihosiz jarayondir. Avvalgi bobda amin bo'ldikki, badiiy asar immanent holda ham mazmunga ega: o'quvchi modelga tayangan holda mazmunni shakllantira oladi. Tabiiyki, bu mazmunda subyektivlik ulushi mavjud, zero u model vositasida badiiy voqelikni qayta yaratgan o'quvchining ijodiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.32 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.32 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga