Cho'lpon kichik nasriy asarlarining janr xususiyatlari Reja: Cho'lpon nasriy asarlarining janr xususiyatlari. Cho'lpon asarlarida tazod san'ati Adibning tavsifiy-rivoyaviy xarakterdagi nasriy asarlar Cho'lponning Yo'l estaligi nomli safarnomasi Cho'lpon nasriy asarlarining janr xususiyatlari haqida so'z borarkan, avvalo, bu boradagi adibning o'z fikrlariga to'xtalish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotshunosligimizda Qurboni jaholatning janrini Cho'lponning o'zi felyeton deb belgilagan, degan fikr o'rinlashib ketgan. Bu haqda S.Mamajonov: Garchand Qurboni jaholatni yozuvchining o'zi felyeton desa-da, asl mohiyatiga ko'ra hikoyadir. Cho'lpon uning tanqidiy ruhidan kelib chiqib felyeton belgilagan bo'lishi mumkin, - degan mulohazani bildiradi. Olimning asar janri haqidagi xulosasiga qo'shilganimiz holda, felyeton masalasiga aniqlik kiritmoqchimiz. Hikoya e'lon qilingan Sadoi Turkistonning 1914 yil 6-sonini ko'zdan kechiramiz: katta harflar bilan felyeton deb yozilgan-da, ikki tarafidan nAQSH bilan bezatilgan; ostida kichikroq harflar bilan hikoya nomi - Qurboni jaholat yozilgan. Odatda janr belgilanganda sarlavha ostiga yozilar edi. Ehtimol, u paytlar bu narsa rasm bo'lib ulgurmagandir? Gazetalar taxlamini varaqlashda davom qilsak, 24-sonda yana yuqoridagicha tartibda yozilgan felyeton so'ziga duch kelamiz. Uning ostida hikoya nomi - Do'xtur Muhammadiyor, sarlavha ostida esa yana ham kichikroq harflar bilan xayoliy hikoya deb yozilgan. Tabiiy savol tug'iladi: agar Cho'lpon Qurboni jaholatni tanqidiy ruhidan kelib chiqib felyeton desa, unda nega keyingi hikoyasining janrini ham shunday belgilaydi? O'ylashimizcha, Do'xtur Muhammadiyor sarlavhasi tepasidagi felyeton so'zi uning janriga ishora qilmaganidek, avalgi hikoya e'lon qilingan sondagi felyeton so'zi ham Cho'lponga aloqador emas. Gap shundaki, felyeton so'zining dastlabki ma'nosi hozirgisidan birmuncha farqli edi. Matbuotda ilk bor 18OO yil 28 yanvardan paydo bo'lgan bu atama fransuzcha varaq so'zi bilan bog'liq. O'shanda Jurnal de deba nomli Parij gazetasi birinchi marta qo'shimcha varaq ilova qildiki, bu gazetaning felyeton nomli yangi rukni(rubrika)ga asos soldi. Yevropamatbuotida tez ommalashib ketgan bu rukn ostida odatda nosiyosiy, norasmiy materiallar: e'lonlar, moda yangiliklari, teatr taqrizlari, hikoya va hatto romanlar e'lon qilina boshladi. Atamaning hozirgi ma'noda qo'llanishi, publitsistikaning ijtimoiy-siyosiy tanqid ruhidagi alohida janrini anglata boshlashi esa XIX asr adog'iga to'g'ri keladi. Bizningcha, har ikki hikoya e'lon qilinganida uchratganimiz felyeton so'zi Cho'lponga taalluqli bo'lmay, balki gazeta tahririyatiga tegishlidir. Chamasi, jadid ma'rifatchilari o'z gazetalarida shu nom ostida rukn tashkil qilganlar-da, atamaning har ikki ma'nosini nazarda tutganlar. Demak, janrini bevosita Cho'lponniing o'zi belgilagan ilk asar qurboni jaholat emas, balki Doktor Muhammadiyor bo'lib chiqadi. Avvalgi bobda aytganimizdek, adib asar janrini xayoliy hikoya deb belgilaganida unda yaratilgan badiiy voqelik bilan real voqelik munosabatidan kelib chiqadi. Aytish kerakki, Cho'lpon adabiyot maydoniga madrasa tahsilini, rus-tuzem maktabi saboqlarini olib kirib kelgandi. Adibni yaqindan bilgan kishilar uning yoshlik yillari o'z ustida qattiq ishlagani, ko'p ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.98 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.98 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:00 ]
Arxiv ichida: doc