Cho'lpon nasri poetikasi

Cho'lpon nasri poetikasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Cho'lpon nasri poetikasi - rasmi

Material tavsifi

Cho'lpon nasri poetikasi Reja: Kirish…….……3-5 I.BOB. Cho'lponning kichik nasriy asarlari poetikasi I.1. Yozuvchi hikoyalarining janr xususiyatlari……6-20 I.2. Ijodkor yaratgan ocherk janrining o'ziga xos kompozitsiyasi……21-30 II.BOB. Kecha romanining poetikasi…….31-33 II.1. Miryoqub va Zebi obrazlarining ruhiy - psixologik tahlili……34-51 II.2. Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati……52-56 Xulosa……57-59 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…….60 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ma'lumki, jamiyat, xalq, millatning ma'naviy-madaniy taraqqiyoti, barkamol avlodning shakllanishida badiiy adabiyotning ahamiyati nihoyatda ulkan. Bu haqda Yutrboshimiz Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor risolasida katta e'tiborga loyiq fikr-mulohazalarni bildirganlar. Ushbu dastur qarash-g'oyalar har bir ijodkor, shuningdek adabiyot ilmi mutaxassislariga tasvir va tadqiq yo'llari, vositarini to'g'ri tanlash va ish yuritishga ko'mak beradi. Abdulhamid Cho'lpon о'zbek realistik prozasining shakllanish davrida samarali ijod qilib, uning taraqqiyotiga sezilarli ulush qо'shgan san'atkordir. Adibning qutlug' nomi oqlanib, ijodiy merosi chin egalariga qaytarila boshlangan dastlabki о'n yillar mobaynida kо'proq uning g'oyaviy jihatlariga urg'u berib kelindi. Albatta, jamiyatimiz hayotida tub о'zgarishlar yuz berayotgan, milliy о'z-о'zini anglash jarayonlari endigina keng omma ichiga kirib borayotgan paytlarda bu xil yondashuv asosli va zarur edi. Biroq, ma'lumki, adabiy asarni badiiyatga doxil etuvchi narsa unda ifodalangan g'oya(mazmun)gina emas, bu о'rinda о'sha g'oyaning muvofiq va gо'zal shaklda ifodalanishi yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois Cho'lpon asarlarining badiiy qiymatini, adibning milliy badiiy tafakkurimiz tadrijida tutgan о'rnini belgilash uchun ularning poetikasini tadqiq etish muhimdir. Zero, asrimiz boshida shakllangan jadid adabiyotini mazmunan aktual etgan sharoit о'tkinchidir, ertangi о'quvchi uni g'oyaviy jihatdan emas, kо'proq badiiyat nuqtai nazaridan baholaydi, qadrlaydi. Shubhasizki, jadid ijodkorlar yaratgan asarlar, badiiy saviyasidan qat'iy nazar, о'z davri ijtimoiy hayotiga jiddiy ta'sir о'tkazgan, boz ustiga, ularning aktual qatlami istiqlol arafalaridan boshlab xalqimizga yana bir karra xizmat qildi. Biroq jadid adabiyoti atalmish fenomen milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga qо'shgan ulush, avvalo, uning badiiyat bobidagi izlanishlari, milliy badiiy tafakkurimizga tadbiq etgan yangiliklari bilan belgilanadi. Shu ma'noda jadid adabiyotining estetik prinsiplari, unga xos poetik usul va vositalarni о'rganish orqaligina yangi о'zbek adabiyotini yuzaga keltirgan omillarni, milliy adabiyotimizning XX asrdagi taraqqiyot yо'lini yorqinroq tasavvur etish, adabiy jarayondagi murakkabliklarni tushunish, nihoyat, uni obyektiv ilmiy о'rganish va baholash imkoniga ega bо'lamiz. Shunga kо'ra, asrimiz boshidagi adabiy jarayon xususiyatlarini atroflicha chuqur о'rganish adabiyotshunosligimiz oldida turgan dolzarb muammolardandir. Mavzuning o'rganilish darajasi. Cho'lpon she'riyati 20-yillardayoq adabiy tanqidchilik diqqat markaziga tushib, keskin adabiy-mafkuraviy bahs munozaralarga sabab bо'lgan bо'lsa-da, uning nasriy ijodi e'tibordan chetda qolib keldi. Agar Kecha va kunduz haqidagi kichkinagina informatsiya va fosh etish ruhidagi taqrizni aytmasak, adibning nasriy merosini о'rganish, asosan, 1987 yildan keyin boshlandi. Hozirgi о'quvchi Cho'lponning nasriy ijodi haqidagi ilk ma'lumotlarni adib nomini oqlash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.65 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.65 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga