Cho'lpon nasrining kompozitsion butunligi

Cho'lpon nasrining kompozitsion butunligi

O'quvchilarga / Adabiyot
Cho'lpon nasrining kompozitsion butunligi - rasmi

Material tavsifi

Cho'lpon nasrining kompozitsion butunligi Mundarija Kirish……3-5 I.BOB. Cho'lponning safarnoma, ocherk, hikoyalarining strukturasi (tuzilishi) I.1. Cho'lponning safarnoma va ocherklarida kompozitsion butunlik…6-21 I.2. Adib hikoyalarining janriy ko'rinishi……22-32 II.BOB. Kecha romanining kompozitsion yaxlitligi……33-41 II.1. Kecha romanida lirik, epik va drammatik turlarning uyg'unligi42-47 II.2. Kecha romanining strukturasida Zebo obrazining o'rni….……48-52 Xulosa…….……53-55 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……56-57 Kirish Mavzuning dolzarbligi Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon ko'pqirrali iste'dod sohibi edi. Birinchi novbatda u hassos shoir sifatida tanilgan va o'zbek she'riyatida tom ma'noda yangi ufqlar ochgan. Ayni chog'da uning o'zbek teatri va drammaturgiyasi, yangi ozbek realistik nasri, badiiy tarjima, publitsistika, tanqid va adabiyotshunoslik sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. Cho'lpon ehtirosli va yoniq asarlari bilan o'zbek xalqining milliy ongini uyg'otishda uning yangicha ma'naviyatini shakllantirishda katta ulush qo'shdi. Cho'lpon ijodini tahlil qilib shunday fikrga keldikki, ma'naviyat, shukronalik, ongli inson bo'lib tug'ulganlik uchun minnatdorlik, ertangi nurafshon kunga ishonch tuyg'usi, har bir mammoni tafakkur bilan hal qila bilishi imkoniyaiga egalik huquqidan qoniqishdir. Mening nazarimda - deb yozadi prezdentimiz I.Karimov - ma'naviyat tushunchasi jamiyat hayotidagi g'oyaviy, mafkuraviy, madaniy, ma'rifiy, diniy va axloqiy qarashlarni o'zida to'la mujassam etadi. Haqiqatdan ham Cho'lpon ijodiyoti kishini ma'naviyatga yetaklaydi. Ma'lumki o'zbek adabiyotshunosligida Cho'lponning hayoti va ijodi, uning go'zal she'riyati, nasriy asarlari o'rganilgan. Ammo uning nasriy asarlari ayniqsa ularning kompozitsiyasi ayri holicha tadqiq etilgan. Biz aynan shu muammoni tadqiq etishga urindik. Bu esa bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Ishning maqsad va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari Cho'lpon nasrining kompiozitsion butunligini o'rganib tahlil qilishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat Cho'lponning safarnoma, ocherk, hikoyalarining struktu (tuzilishuni) o'rganib tahlil qiliush; Cho'lponning safarnoma ocherk yoyinki publististik asarlaridagi kompozitsion butunlikni tadqiq etish; Adib hikoyalarining janriy qurilishini o'rganish Kecha romanining kompozitsion yaxlitligini tahlil qilish Roman strukturasida Zebi obrazinng o'ziga xos o'rnini o'rganish Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Yuqorda ta'kidlaganimizdek Cho'lponning hayoti va ijodi uning nodir she'riyati nasriy asarlari adabiyotshunosligimizda keng o'rganilgan. Ammo uning nasriy asarlarining kompozitsiyasi yetarlicha tadqiq etilmagan. Biz mazkur kichik ilmiy ishimizda asosiy e'tiborni shu masalaga qaratdik. Bu esa ishimizning o'ziga xos yangiligini ko'rsatadi. Tadqiqot metodologiyasi va usuli. O'zbekiston Respublikasi rezdenti I.Karimovning ma'naviy qadriyatlar, milliy mafkura va madaniy meros haqidagi nazariy qarashlar mazkur ishimizning metodologik asosini tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishni yozishda Cho'lponshunos olimlarning ilmiy tadqiqotlariga hamda nazariy mulohazalariga tayandik. Mavzuning o'rganilish darajasi. Keyingi yillarda Cho'lpon nasrini ilmiy asosda o'rganish, uning badiiy jihatlarini tadqiq etishga intilishning kuchayishi kuzatiladi. Xususan, M.Qo'shjonov Cho'lpon romanidagi obrazlar sistemasini qator o'zbek romanlari fonida ko'zdan kechirib, uning kompozitsion qurilishidagi o'ziga xos nuqtalarga diqqatni tortdi. S.Mamajonov esa Kecha va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.58 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.58 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga