Dante Aligyeri (1265-1321) Dante-more Florentsiya bir shahar nisbatan mustaqil yunon shahar-davlat kabi yilda tug'ilgan Ilohiy komediya Komediya Dante ijodining cho'qqisidir (1307-1321). Keyinchalik Boccaccio unga Ilohiy epitetini bergan. Dante vafotidan so'ng qo'shilgan ilohiy so'zi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qo'llanilgan. Dante Aligyeri Doston 3 qism (Do'zax, A'rof, Jannat) dan iborat. Har bir qismda 33 ta qo'shiq bor. Doston Dantening shoir Vergiliy yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl Sharq obidasi Merojnoma syujetini eslatadi. Komediya an'anaviy diniy syujet asosida bo'lsada, undagi gumanizm mag'zini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. Dante Aligyeri Dante asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. Komediyaning Do'zax qismidagi 4-qo'shiqda jahonning buyuk donishmandlari Demokrit, Fales, Geraklit, Evklid, Ptolemey, Gippokratlar qatorida Sharqning ulug' mutafakkirlari Ibn Sino va Ibn Rushdlar tilga olinagan. Dante Aligyeri Qo'shiqda qadimiy Turon podshosining qizi, afsonaviy baliq tanli sarkarda ayol Semiramida, Misr malikasi Kleopatra faoliyatiga munosabat bildiriladi. A'rofda massagetlar malikasi To'maris qaxramonligi tasvirlangan. Ilohiy komediya badiiy yuksak bo'lishi bilan birga, kishilik jamiyati taraqqiyotida yig'ilgan bilimlarning boy xazinasidir. Dante Sharq va G'arb tafakkuri mevalarini omuxta etgan. Dante Aligyeri Muallif Sharq donishmandlari Ibn Sino, Ahmad Farg'oniy, Abu Mash'ar, Muhammad Xorazmiy va boshqalarning asarlaridan foydalangan. Dante Aligyeri Dante italyan adabiy tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Uning dostoni uslubida oddiy xalq tili oliy tabaqa kishilari tiliga xos tantanavorlik, rangbaranglik va dramatizm bilan uyg'unlashib ketgan. Dante o'z davridagi ijodkorlardan farqli o'laroq butun italyan millati nomidan gapirib, uning asriy orzu-armonlarini ifodalagan. Dante Aligyeri Shuning uchun ham uni o'rta asrning so'nggi shoiri va ayni paytda, yangi davrning birinchi shoiri, deyishadi. Dante ijodi italyan adabiyoti va butun Yevropamadaniyati taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatgan. Dante Aligyeri Shoir ijodi adabiyotshunos olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Dante asarlari jahon xalqlarining ko'pgina tillariga tarjima qilingan. Ilohiy komediya dostonining Do'zax qismi o'zbek tilida Abdulla Oripov tarjimasida nashr etilgan (1978). Ijodi 1306-1321 Ilohiy komediya - Divina Commedia (it.): Do'zah A'rof (Mahshargoh) Jannat 1304-1307 Convivio (it.) Bazm 1304-1306 De vulgari eloquentia libri duo (lot.) Xalq so'zamolligi haqida, traktat (Dubia) Egloghe (lot.) Ekloglar Epistulae (lot.) Nomalar Ijodi Il fiore (it.) Gul, Roza haqidagi Roman (Roman de la Rose) ga asoslangan 232 sonetdan iborat epik doston. XII asrning fr. allegorik romani 1310-1313 Monarchia (lot.) Detto d'amore (it.) Detto d'Amore Roza haqidagi Roman (Roman de la Rose) ga asoslangan epik doston. Monarhiya, traktat Quaestio de aqua et de terra (lot.) Suv va yer haqidagi savol. Dubia 1295 Vita nuova (it.) Yangi hayot Rime (Canzoniere) (it.) She'rlar ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: pptx