Devoni Foniy ning janr xususiyatlari

Devoni Foniy ning janr xususiyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Devoni Foniy ning janr xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI O'ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI Himoyaga tavsiya etildi Filologiya fakulteti dekani dots. I.Xudoynazarov 2014 yil 5220100 - Filologiya (O'zbek filologiyasi) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun IV bosqich 42- guruh talabasi Xudoyberdiyeva Dilfuzaning Devoni Foniyning janr xususiyatlari mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Talaba Xudoyberdiyeva D. Ilmiy rahbar kat.o'qit.R.Jumayev 2014 yil Himoyaga tavsiya etildi O'zbek adabiyoti kafedrasi mudiri dots.G.Imomova 2014 yil Qarshi-2014 MUNDARIJA Kirish. …….…2 I.BOB. Alisher Navoiy Devoni Foniy asarining fors-tojik she'riyati taraqqiyotidagi o'rni8 1.1. Devoni Foniyning tuzilishi va nashrlari haqida8 1.2. Devoni Foniyda shoir ijodiy uslubi masalasi …….16 II.BOB. Devoni Foniydagi lirik she'rlarning janriy xususiyatlari haqida ……41 2.1. Foniy g'azallarining an'anaviylik tamoyillari41 2.2.Shoir qit'alarining mavzu va g'oyaviy yo'nalishi52 Xulosa61 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati63 Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng jamiyat hayotining barcha jabhalarida tubdan yangilanish jarayoni ro'y berdi. Xalqimizning boy ilmiy-falsafiy, ma'naviy-ma'rifiy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari tiklandi. Ayniqsa, Sharq falsafasini teran o'rganish, shu asosda ulug' madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish, uni zamonaviy-umumbashariy ruh bilan boyitish vazifasi dolzarb masala bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, Buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini tiklash, qadr-qimmatini joyiga qo'yish, ularning qadamjo va ziyoratgohlarini obod qilishdek baxt nasib etganidan har birimiz haqli ravishda faxrlanamiz. Milliy o'zlikni anglash, ma'naviy merosni o'rganish va tadqiq etish, o'tmishda yashab o'tgan mutafakkir va allomalarning ilmiy-falsafiy va diniy-axloqiy qarashlaridan xalq ommasini bahramand etish hayotiy zaruratga aylandi. Milliy mafkuraning diniy-falsafiy ildizlaridan biri, kishilarni komillik darajasiga yetkazishga xizmat qiladigan ta'limot - tasavvufdir. Alisher Navoiy ijodi , uning ijodkor va shaxs sifatidagi fazilatlari ulug' mutafakkir shoir yashagan davrlardan buyon ilm va adabiyot ahli o'rtasida katta qiziqish uyg'otib kelmoqda. Ma'lumki, Navoiy o'z davridagi kamdan-kam ijodkorlarga nasib etadigan iqtidor sohibi bo'lgan. Ulug' Navoiy zullisonayn shoir, zullisonayn ijodkor bo'lgan. U turkiy va forsiy tilda bab-baravar qalam tebratgan. Devoni Foniyda Navoiyning forsiy tilda yaratgan g'azal, qit'a va ruboiylaridan iborat she'riy guldastasi jamlangan. Navoiyning forsiy tildagi ijodiga o'z vaqtida uning zamondoshlaridan Abdurahmon Jomiy , Kamoliddin Binoiy , Davlatshoh Samarqandiy, Mirzo Haydar kabi ko'plab shoir , tazkiranavis va muarrixlar yuqori baho berib o'tishgn. O'zbek adabiyotshunosligida Devoni Foniy o'tgan asrning 50-yillaridan boshlab, keng miqyosda tadqiq qilinib boshlandi hamda ulug' mutafakkir shoirning forsiy tilda yaratilgan lirik she'rlarining tabiati, janriy xususiyatlari, qolaversa, uning o'ziga xos ijodiy uslubi to'g'risida bir qator izlanishlar va tadqiqotlar olib borildi. Bu sohadagi izlanishlar mamlakatimizda va xorijda bugungi kunda ham keng miqyosda davom ettirilmoqda. Shu bilan birga Navoiy - Foniyning Devoni Foniy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.84 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.84 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga