Devoni Foniy

Devoni Foniy

O'quvchilarga / Adabiyot
Devoni Foniy - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Devoni Foniy Shior: El netib topg'ay menikim, men o'zimni topmasam. (Alisher Navoiy) Devon Navoiy barhayot vaqtda, ya'ni 901 - 900 hijriy (1495-1500 milodiy) yillar orasida kitobat qilinganligi haqida ma'lumot beradi. Noshirning ko'rsatishiga binoan bu qo'lyozma to'liq bo'lmay, uning varaqlari tushib qolgan. Navoiyshunos olim Hamid Sulaymon xorijiy olimlar tuzgan kataloglardan foydalanib, Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan Devoni Foniyning eng to'liq nusxasini aniqladi va uning mikrofilmini olishga muvaffaq bo'ldi. So'ngra olim jahonning boshqa kutubxonalardagi Foniy devonlarini ham tekshirib uning hozircha 5 nusxasi borligini aniqladi. Nusxalarning 2 tasi Parijda - Fransiya Milliy kutubxonasida, yana, ikkitasi Turkiyada - Turk - islom muzeyi kutubxonasi hamda Nuri Usmoniya kutubxonalarida, beshinchisi esa, Tehrondagi Eron davlat majlisi kutubxonasida saqlanmoqda. Ushbu qo'lyozmalar asosida Devoni Foniyning avtor matnigayaqin matni aniqlanib, shu asosda Foniy devoni e'lon qilinganidan so'ng, bu devon haqida fikr mulohazalar aytishga yoki uning turli tomonlarini tadqiq etishga ilk qadamlar qo'yildi. Navoiyning o'zi Muhokamatul lug'atayn asarida mazkur devon ta'rifida yozgan edi. Yana forsiy g'azaliyot devoni Xoja Hofiz tavridakim, jami' suxandonlar va nazm piyrolar nazarida mustahzan va matbudir, tartib beribmenkim, 6 ming ab'yoti adadi ko'proqdirki, ko'prak ul hazrat (ya'ni Hofiz Sheroziy) she'riga tatabbu' voqe' bo'lubdir. Tatabbu: Shoirlar ko'proq shaqlan izdoshlik qilgan bo'lsalarda, ammo mazmunda originallikka intilganlar. Nodir iste'dod egalari izdoshlik qilgan shoirga ko'r-ko'rona ergashmaganlar, aksincha o'z salafi asarlarini chuqur tahlil qilib mavzuning yangi - yangi qirralarini ochishga intilganlar va hatto izdoshlik qilayotgan shoir bilan munozalarda o'tganlar. Devoni Foniyda Navoiy izdoshlik qilgan shoirlarni sanab ko'rilsa quyidagicha: devondagi 554 g'azalning 237 tasi Hofiz sheroziyga, 52 tasi Abdurahmon Jomiyga, 33 tasi Amir Xusrav Dehlaviyga, 25 tasi Sa'diy Sheroziyga, 5 tasi Mavlono Kotibiyga, 5 tasi Mavlono Shohiyga, 4 tasi Kamol Xo'jandiy va boshqalarga nazira qilib yozilgan. Tatabbui Sa'diy Sheroziy Ey, ba guliston hazor nargisi shaxlo Dar guli gulzori orazat ba tamosho. Lolavu gul az tachalli tu baxubi Qumri yu bulbul zi shavqi tu alolo Dar ruhi ro'z az ruhi tu boriqai mehr Dar dili shab az g'ami tu moyai savdo Oshiqi bedil zi shavqi ro'I tu Machnun Karda bahona vale muhabbati Laylo Orazi Yusuf namuda lam' ayi ro'yat Z-o' shuda mash'ufu zori ishq Zulayho Goh dar oini oshiqi shudas zoxir Hamshuda bar husni xesh volavu shaydo, Goh ba ma'shuq shevagit tasahhub Ham ba xud az noz karda g'oyatu yag'mo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:01 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga