Devoni mavlaviy Yusuf Saryomiy Yusuf Saryomiy hayot vaqtida uning asarlari biror majmuaga to'plangan emas. M.Muhammadjono «Turmush urinishlari» kitobida yozadi: «Turkistonning atong'on va dong'i ketgan shoirlaridan Yusufiy Saryomiyning bundan biroz burun vafot topg'onini eshitib, (shoirning-M.T.) uyiga borib Quron o'quduq. Shoirning 40 yoshlarg'a borg'an bir yamoqchi o'g'li otasining alifbo tartibi bilan yiqqan qo'lyozma «Sher majmua»sini olib chiqib bizga ko'rsatdi. Shoirning kulg'i (hajviy) sherlari ko'b bo'lur edi. Bunda ul kulgilardan oz toptiq. Ko'bi hamd, nat ham oshiqona g'azallar edi. O'g'lining gapiga qaraganda: -Bu sher majmuasini bizga 50-60 so'mga soting, biz bostirib tarqataylik,-deb yurgan boylardan bor emish. Unda biroz gaplashib o'tirib qaytib keldik». Murodxo'ja domlaning Saryomiy yosh yigitlik chog'ida Koshg'ariy Tajalliy degan sohibning sherdagi iqtidorini eshitib, o'qish niyatida yo'lg'a chiqqanlig'i va Koshg'ar dovoniga etganda qaroqchilar unga tajovuz qilganligi, bu vaqtda yosh shoirning qo'lida bir necha yildan buyon mashq qilgan sherlar to'plami bo'lganligi haqidagi qaydini xotirlasak, masala yanada ravshanlashadi. Yuqoridagi ma'lumotlarga qaraganda, shoir hayotlik chog'ida asarlarini majmua holiga keltirish niyatida bo'lgan. Biroq, bazi sabablarga ko'ra bu ish amalga oshmagan. Qolaversa, uning bir necha asarlari izsiz yo'qolgan. Shundan keyingi asarlari shoir Mirzo To'lagan Tavallo devon tuzib, ustozining ashorlarini bir muqova ostiga to'plagan. Bu mo'tabar kulliyot Yu.Saryomiy merosini o'rganishda bugungi kunda asosiy va yagona manba bo'lib xizmat qilmoqda. Biz sobiq H.Sulaymonov nomidagi Qo'lyozmalar instituti hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining nodir kitoblar fondidagi olib borilgan kuzatishlarimizda ushbu devonning qo'lyozma nusxasini uchratmadik. Biroq, tabiiyki, uning ko'plab toshbosma nusxalarini uchratishga to'g'ri keldi. Shu jumladan, O'zRFA H.Sulaymonov nomidagi Qo'lyozmalar institutida 3641, 3768, 3931, 4172 inventar raqamli toshbosma va Sharqshunoslik institutidagi № 117, 118, 119, 120, 6028, 9072 toshbosma nusxalari saqlanayotganligini ko'rdik. Bundan tashqari Andijon shahar Adabiyot va san'at muzeyining «Qala qo'lyozmalar o'rganish va tadqiqot qilish markazi»da ham №1720, 2185, 2720, 728, 799 raqamli Yusuf Saryomiy devonini uchratdik. Garchi toshbosma nusxalarni tavsiflash rasm bo'lmasa-da, devonning muqovasi qalin, yashil rangda ekanligini, titul varag'ining atroflari nAQSHinkor qilib bezatilgan bo'lib, undagi yozuvlar zar yugurtirilgan siyohda yozilganligini qayd etishni istardik. Titul varag'ining eng boshida «Va inna minash-shuuril hikumatun va inna minal bayon ul-suxran», yani «Albatta, sherda hikmat bor va albatta so'zda sehr bor» degan hadisi sharif keltirilgan. Undan so'ng noshirning quyidagi so'zlari keladi: «Lillah il-hamd bu ayyomi farxandai farjomda muhibbush shuaro val fuzalo Mirzo To'lagan mulaqqab ba Tavallo ehtimom va g'ayratlari ilan madani fasohatu va balog'ati musamma ba devonu Mavlaviy Yusuf Saryomiy Toshkand baldasinda Purso'f matbaasinda tab o'lundi, toki sababi duo va yod ovari ahibbo bo'lub, har ko'rg'uchi shavq ahli va sayr qilg'uchi zavq ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
456.17 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
456.17 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: doc