Doston Reja: Doston atamasining izohi va janr tabiati. Dostonlaraing shaqliy belgisi va mazmuniy mundarijasi. Dostonchilik-professional san'at turi. bahshi atamasi, bahshichilik san'ati va uning tiplari. Doston kuylash tartibi va bahshi tayyorlash an'anasi. Dostonchilik maktablari va ularning taniqli vakillari repertuariga xos muhim belgilar. Dostonlar tasnifoti masalasi. Dostonlarning badiiyati. Dostonlarni to'plash, yozib olish, nashr ettirish va ilmiy tadqiq etish masalasining ahvoli. «Doston» so'zi qissa, hikoya, sarguzasht, ta'rif va maqtov ma'nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida u xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik hajmli epik asarlarni angiatadi. Biroq yozma va og'zaki adabiyotdagi dostonlar hayotni tasvirlash vositalari va usullari jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladi. Xalq og'zaki ijodida doston o'tmish zamonlar to'g'risida qahramonlik ideaiizatsiyasi ko'lamidagi hikoyalar, rivoyatlardir.50 V.M.Jirmunskiyning yanada aniqroq ifodasiga ko'ra, «Epos - bu xalqning qahramonlik ideaiizatsiyasi ko'lamidagi jonli o'tmishidir. Uning ilmiy-tarixiy qimmati, ayni paytda juda katta ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir».51 M.Saidovning ta'kidlashicha, doston murakkab san'at asari bo'lib, uning doston boiishi uchun adabiy matn, musiqa bo'lishi, kuylovchi hofizlik san'atini puxta egallagan va soz cherta bilishi zarur. Bu ta'riflarda qarama-qarshilik yo'q va biri ikkinchisini to'ldiradi. Birida dostonning epik voqelikka munosabati nazarda tutilsa, ikkinchisida folklorning spesifikasi, dostonlarning sinkretik xarakteriga e'iibor beriladi. V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarning ta'rifida xalq dostonlarining bosh xususiyati, M.Saidov nazarda tutgan adabiy matnning asosiy belgisi, ya'ni dostonlarning mazmunan qahramonlik xarakteriga ega bo'lishi va ular afsonaviy bahodirlar, ulug' shaxslar haqida epik idealizatsiya doirasida to'qilgan rivoyaviy asarlar ekanligi birinchi o'ringa qo'yilgan. Bu ta'rifda dostonning o'tmish bilan, xalq tarixi bilan mahkam bog'liqUgi ham o'ziga xos ravishda hisobga olingan. Chindan ham dostonlarda tarixni xalqona tushunish, uni jonlantirish mavjud. Ularda xalqimiz boshidan kechirgan ijtimoiy-siyosiy voqealaming, etnik birlik va mustaqillik uchun olib borilgan kurashlarning tarixiy mohiyati badiiy bayon etilgan. Shunday qilib, dostonlar haqiqiy va ideal tarix birlashib, chatishib ketgan olamshumul voqealarni tasvirlagan, xalqimizning axloqiy, falsafiy, diniy qarashlarini, hayoti, urf-odatlari va maishatini qomusiy bir tarzda ifodalagan o'tmish yodnomalaridir. Dostonlarda tarixiy voqelik xalq fantaziyasi asosida umumlashgan obrazlarda o'z ifodasini topadi. Binobarin, ularda epik umumlashtirish hukmronlik qiladi. Bunday umumlashtirish xalqning ijtimoiy adolat haqidagi ideallari va orzu-umidlari bilan yo'g'rilgan. Demak, dostonga epiklik, monumentallik xos bo'lib, kompozitsion va sujet qurilishi jihatidan murakkab voqea-hodisalarni qamrab oladi. Bunday voqea va hodisalar mazmunan qahramonlik xarakteriga ega bo'lib, ular xalq idealidagi bahodir atrofiga birlashtiriladi. Favqulodda kuch-qudratga ega bunday yakka shaxslarda butun bir xalqning orzu-umidlari, imkoniyat va intilishlari mujassamlashgan. Xalq dostonlarining jam xususiyatlari uning o'ziga xos uslubi va badiiy shaklini belgilaydi, ya'ni kuy va ijro bilan mahkam bog'liq bo'lgan yirik hajmli va keng ko'lamli dostonlarning poetik bayoniga ko'tarinkilik, tantanavoriik, an'anaviylik, she'riy ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.54 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.54 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: docx