Dostonlar tilida umumiy kategorial ma'noga ega bo'lgan so'zlar Reja: 1. Ot so'z turkumi 2. Kelishik kategoriyasi 3. Egalik kategoriyasi 4. Ko'plik kategoriyasi Umumiy kategorial ma'no deganda so'zning ma'lum bir so'z turkumiga mansubligi asosida belgilanadigan abstrakt grammatik ma'no tushuniladi. So'zning umumiy xususiyatini uning ma'no, qurilish, xilma-xil vazifalarni bajarish kabi ko'plab belgilari tashkil qiladi. So'z mana shu xilma-xil qirralarni o'zida mujassamlashtiruvchi zot sifatida tilda va ongimizda yashaydi. Masalan, daraxt, suv, uy, uyqu, tosh so'zlari uchun umumiy bo'lgan predmetlik ma'nosi; uzun, qisqa, go'zal, achchiq, nordon, yashil so'zlari uchun umumiy bo'lgan belgi ma'nosi; bor, yugur, kel, o'yna, o'rgan, chiniq so'zlari uchun umumiy bo'lgan harakat ma'nosi kategorial ma'nosidir. So'zga serqirra hodisa sifatida yondashar ekanmiz, so'zlarning har bir qirrasini nisbiy mustaqil deb tan olishimiz, ulardagi umumiylik (o'xshatish) va xususiyliklarni (farqliklarni) aniqlash, ularni guruhlarga ajratish, boshqacha aytganda, ma'lum tasniflashni amalga oshirishimiz lozimdir. Kategorial ma'noga ega bo'lgan so'zlar ma'noviy jihatdan quyidagicha guruhlashtiriladi: 1. Ot so'zlar. 2. Sifat so'zlar. 3.Son so'zlar. 4. Olmosh so'zlar. 5.Fe'l so'zlar. 6.Ravish so'zlar. So'zlarning semantik qurilishi tabiati, umumiy va xususiy ma'nolar hamda shu asosda tasnifning ham umumiylikdan xususiylikka borishi yoki xususiylikdan umumiylik tomon ko'tarilish qonuniyati yotadi. Biz quyida mavzu talabidan kelib chiqqan holda kategorial so'zlarning xalq dostonlarida qo'llanish imkoniyatlari xususida to'xtalamiz. Tahlil jarayonida kategorial so'zlarni to'liq emas, bizningcha, adabiy tildan farqli hisoblangan muhim xususiyatlari atrofida mulohaza yuritishni lozim topdik va shu asosda tegishli xulosalarga keldik. Ot so'z turkumi Borliqdagi har qanday mavjudot kabi ot so'zlar ham serqirradir. Ularda moddiylik, qurilish, tarixiy-etimologik, maxsuslik, ma'no, shakl, qo'llanish, uslubiy bo'yoq va boshqa jihatlar bor. O'zbek xalq dostonlari tilida jins (rod) kategoriyasi ham ko'zga tashlanadi. Jins kategoriyasi biologik rod va grammatik rod kategoriyalaridan iborat. Ular o'zaro chambarchas bog'liq. Jins kategoriyasi jonli predmetlarning jinsini anglatuvchi so'zlardir. So'zlarda «erkaklik» va «ayollik» jinsi turli vositalar bilan ifodalanadi. 1. Leksik-semantik vositalar orqali. 2. Morfologik vositalar orqali. 1. Leksik-semantik vositalar - bular jins ma'nosini atovchi so'zlar orqali yasaladi. Ma'no xususiyatiga ko'ra so'z tarkibidagi ma'nolar quyidagicha bo'ladi: 1) Shaxs ma'nolari: «erkak jinsiga mansub» ma'nolar ota (A.i=195; R.i=24), yer (A.i=44; R.i=7), o'g'il (A.i=38; R.i=70), og'a (A.i=8; R.i=3), ini (A.i=12), bova (R.i=3), alp (A.i=100; R.i=2), ko'sa (A.i=1; R.i=43), yigit (A.i=12; R.i=27), mard (A.i=27; R.i=78) kabi; ayol jinsiga mansub ma'nolar opa (A.i=1; R.i=6), xotin (A.i=16; R.i=6), juvon (A.i=1; R.i=11), qiz (A.i=107; R.i=60), amma (A.i=4), momo (A.i=10; R.i=12), ena (A.i=64; R.i=211), buvish (A.i=11; R.i=9), oyim (A.i=60; R.i=22), bikach (A.i=20). Bu so'zlar ham o'z navbatida quyidagicha bo'linadi: a) qarindoshlik atamalari asosidagi jins bildiruvchi so'zlar. «Oila-qarindoshlik terminlari o'zlarining xarakterli xususiyatlariga ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
460.48 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
460.48 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: doc