Dostonlar tlining an'anaviy lingvofolkloristik qonuniyatlarga munosabati

Dostonlar tlining an'anaviy lingvofolkloristik qonuniyatlarga munosabati

O'quvchilarga / Adabiyot
Dostonlar tlining an'anaviy lingvofolkloristik qonuniyatlarga munosabati - rasmi

Material tavsifi

Dostonlar tlining an'anaviy lingvofolkloristik qonuniyatlarga munosabati Reja: Kirish Mumtoz kitobiy uslubga xos ana'naviy vositalar So'zlashuv nutqiga xos an'anaviy lug'aviy birliklar. An'anaviy frazeologizmlar. An'anaviy epik klishelar An'anaviy uslubiy formulalar An'anaviy epik aforizmlar Barqaror epitetli birikmalar Umumxalq tiliga xos leksik-frazeologik iboralar 3.1. So'zlashuv nutqiga xos leksik-frazeologik iboralar 3.2. Kitobiy nutqqa xos leksik-frazeologik iboralar. Kirish O'zbek xalq og'zaki ijodining ulkan namoyandalaridan biri bo'lgan Ergash Jumanbulbul o'g'li tomonidan kuylangan dostonlar o'zining badiiy mukammalligi, beqiyos jozibadorligi bilan bir qatorda, nihoyatda boy lingvistik va lingvostilistik imkoniyatlari bilan ham ajralib turadi. Garchi shoir ijodida o'zi yashagan hudud lahjasiga xos unsurlar yetakchilik qilsa ham, u kuylagan dostonlarning uzoq asrlik tarixiy an'anaga egaligi og'zaki poetik ustdialektlarning eng muhim differensial belgilaridan biri bo'lgan an'anaviylik bilan aloqador qonuniyatlarni qiyosiy-tarixiy tahlil etish imkoniyatlari nihoyatda kengligidan dalolat beradi. Zero, milliy adabiy tilning tarkib topish bosqichlarida turkiy elatlar jonli so'zlashuv tilining o'zaro yaqin munosabatda bo'lishi va umumiy lingvistik qonuniyatlar asosida birlashib borishida umumturkiy asosga ega bo'lgan «Alpomish» va «Go'ro'g'li» singari turkum dostonlarning ahamiyati nihoyatda katta bo'lgan. Bunday ijodiy jarayonning ko'p asrlar mobaynida izchil davom etishi, turli lahja va tillarga xos unsurlarni dostonlarning uslubiy xoslangan birliklari sifatida shakllanishi va milliy tilga singib ketishida muhim ahamiyat kasb etgan. Jumladan, hozirgi o'zbek adabiy tilining izohli lug'atlaridan o'rin olgan so'zlar ichida aymoqi, ayqashmoq, alp, bozirgan, banot, sarjig'a singari qator so'zlarning uslubiy belgilariga ko'ra folklor pometasi bilan farqlanishi, og'zaki ijodning ana shunday ko'p asrlik ijodiy shakllanish jarayoni mahsullaridan nisxonadir. Shuni ham ta'kidlash joizki, dostonlar tilida an'anaviylashgan so'zlarning aksariyati o'zining emosional-ekspressiv bo'yoqdorligi, ayni paytda, badiiy ijodning og'zaki janrlari miqyosida birdek keng tarqalganligi bilan uslubiy betaraf so'z va iboralardan farqlanib turadi. Shuningdek, ularning ko'pchiligi qardosh turkiy xalqlar folklor asarlarida hamda qadimgi turkiy yozma manbalarda ham keng qo'llanganki, bu dalillar turkiy xalqlar uchun umumiy bo'lgan tarixiy epik jarayon an'analarni taqozo etadi. Shubhasiz, dostonlar tilidagi an'anaviylik birgina og'zaki ijod manbalarida xoslangan so'z va iboralar bilan chegaralanmaydi. Chunki ularda til tarixining milliy bosqichlarida yozma badiiy ijod ta'siri asosida kirib kelgan lug'aviy birliklar, shuningdek, so'zlashuv nutqiga xos unsurlar ham o'z aksini topgan holda an'anaviylashgan. Aynan ana shunday lingvostilistik qatlamlar dostonlar tilining ko'p asrlik tarixiy taraqqiyot bosqichlarini farqlash va adabiy tilning vujudga kelish jarayonida epik manbalarning ishtirokini belgilshda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Shunday qilib, eposlarning tarixiy til sistemasida tutgan o'rnini belgilashda muhim bo'lgan an'anaviy unsurlar ular tilining leksik yoki frazeologik sathiga daxldorligi bilan o'zaro farq qiladi. Shunga ko'ra, ularni quyidagicha ikki guruhga ajratish mumkin: a) an'anaviy leksik birliklar; b) an'anaviy frazeologizmlar. An'anaviy leksik birliklar o'zining funksional-uslubiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.35 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.35 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga