Drama Drama qahramoni - inson shaxsi Drama predmeti - harakat Dramatizm

Drama Drama qahramoni - inson shaxsi Drama predmeti - harakat Dramatizm

O'quvchilarga / Adabiyot
Drama Drama qahramoni - inson shaxsi Drama predmeti - harakat Dramatizm - rasmi

Material tavsifi

Drama Drama qahramoni - inson shaxsi Drama predmeti - harakat Dramatizm Drama konflikti Dramada so'z Drama janrlari Tragediya Reja: Kirish Drama Drama qahramoni - inson shaxsi Drama predmeti - harakat Dramatizm Drama konflikti Dramada so'z Drama janrlari Tragediya V. G. Belinskiy dramatik turning o'ziga xosliklarini tekshirar ekan: Drama hozirgi zamonda o'quvchi yoki tomoshabin ko'zi oldida bo'layotgan kabi ko'ringan kechmish voqyeadir-, deydi va unda shaxslar o'zlarini harakatda ifoda qilishlari kerak (V. Belinskiy, 193- bet) ligini ta'kidlaydi. Chunki Epopeyada voqyea, dramada odam hukmrondir. Eposdagi qahramon - voqyea; dramaning qahramoni - inson shaxsidir. Eposdagi voqyea tabiatning o'zginasi bo'lsa, Dramada hayot faqat o'z - o'zicha mavjud emas , balki o'zi ham mavjuddir, u idrok etilgan ong kabi, erkin ifoda kabi mavjuddir Dramada voqyea ustidan inson hukmronlik qiladi, inson o'z irodasi bilan voqyeani istaganicha yakunlaydi, unga istaganicha xotima beradi (V. Belinskiy, 144- bet, Ta'kidlar bizniki - H. U). Bu mulohazalar dramaning predmeti - harakat ekanligini asoslaydi. Drama nazariyasining muallifi Hafiz Abdusamatov Dramaning predmeti harakatdir, degan fikrga qo'shilib bo'lmaydi, deydi. Uningcha dramaning predmeti - harakatdagi yoki harakat qiluvchi insondir.1 Holbuki, inson - adabiyotning predmeti, uni kashf etish - hamma turlarning vazifasidir. So'ngra, harakat faqat ishtirok etuvchi shaxslar bilangina emas, balki ularni ishga solgan holatlar bilan bog'lanib ketadi (H. Abdusamatov, 63- bet) ekan, harakat - dramaning qon tomiri (H. Abdusamatov, 75 bet) ni tashkil etarkan, demak, dramaning predmeti harakatdir. I. O. Sultonov dramaning spesifikasini belgilashda uch burchak - yozuvchi, teatr va tomoshabinning o'zaro munosabatlaridan kelib chiqadilar va dramaning kollektivizmga mo'ljallanganini - bosh alomat deb baholaydilar (I.Sulton, 267-270 b.). Holbuki, drama - badiiy adabiyotning vakilidir, uning sahnadagi ijrosi (rejissyor va aktyorlar kashfi), tomoshabinlarning munosabati - teatr san'ati ilmining vazifasiga kiradi. Xullas, V. Belinskiy ta'kidlagan harakat birligi - asosiy ideyaning birligi asosida bosh xususiyatni tashkil etadi. Shuning uchun ham Dramada harakat faqat va boshlicha jismoniy harakat ma'nosida emas, balki dastavval va boshlicha muallif ifoda etmoqchi bo'lgan bosh g'oyaning rivoji ma'nosida tushunilganidek, konflikt ham bosh qahramon (yoki qahramonlar) ning o'z maqsadlarini amalga oshirish yo'lida uchratgan to'siqlarni yengishi jarayoni ma'nosida, ya'ni keng ma'noda tushunilishi kerak2 Ana shundagina harakat konfliktning bag'rida yashaydi, ya'ni harakat konfliktni, konflikt harakatni ishga soladi; biri - biriga asos, bir -biriga quvvat bo'ladi; biri - birisiz yashay olmaydi; birining zaifligi ikkinchisining zaif bo'lishiga sabab bo'ladi; pirovardida, ikkalasi birlashib bosh g'oyani aniq ifoda etishga, qahramonlar qalbidagi po'rtanani ochishga beminnat xizmat qiladilar. Harakat va konfliktning birligi - dramada kuchli dramatizimni talab etadi. Agar, masalan, ikki kishi bir nima to'g'risida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga