Dramaturg Kalidasa Reja: 1. Dramaturg kalidasa 2. Shoir bharatrixari ijodi 3. Guptalar davrida Hindistonda ilm-fan va adabiyot 1789 yili ingliz sudyasi Vilyam Djons Ost-Indiya kompaniyasida xizmat qilayotganida sanskrit tilini ham o'rganadi va Kalidasaning «Shakuntala» nomli asarini ingliz tiliga tarjima qiladi. Ushbu ingliz tilidagi asarni 1791 yili nemis sayyohi, olimi va inqilobchisi Georg Forster nemis tiliga o'giradi. O'z tarjimasining bir nusxasini u Gyotega yuboradi va Gyote bu asarga yuqori baho beradi. 1792-1793 yillarda rus yozuvchisi N.M. Karamzin jurnalda «Shakuntala» asarining to'rt qismining tarjimasini nashr ettiradi va unga kattagina kirish so'zi yozadi. U shunday deb yozgan edi: «Ijodiy ruh faqat Yevropani emas balki butun dunyoni kezadi. U butun jahon grajdanidir. Inson hamma yerda ham insondir. Uning yuragi hamma yerda ham bir xilda his etadi. O'z yurak ko'zgusiga butun yeru ( osmonni sig'dira oladi. Asarning deyarli har bir sahifasida she'riyatning go'zal timsolini, yurakning nozik his qilish qudratini, may oyining mayin shamolidek yoqimli tuyg'usini his qildim. Gomerning asari Qadimiy Gretsiyani qanday tasvirlasa Kalidasa asari ham qadimiy Hindistonning go'zal tasviri deyish mumkin. Unda qadimgi hind xalqining urf-odatlari va milliy an'analarini aniq ko'rish mumkin. «Shakuntala» asari shu yo'sinda jahon xalqlari adabiyotiga kirib borib ularni Hindistonga, va aynan, Kalidasa ijodiga bo'lgan qiziqishni kuchaytirdi. Yevropaliklarning Hindiston va hind xalqi faqat bosib olish va talon-taroj qilishgagina yaroqli mamlakat degan tushunchalari chippakka chiqdi va bu yer juda katta madaniyat va ilm-fan o'chog'i bo'lganligini tushunib yetadilar. U bilan yaqin tanishgandan keyin esa hind adabiyoti o'zining hech bir xususiyati bilan qadimgi grek adabiyotidan qolishmasligiga ishonch hosil qiladilar. Shu tarzda, XIX asr boshiga kelib Yevropada Kalidasa ijodiga, va ayniqsa, qadimgi Hindiston adabiyotiga qiziqish kuchayib ketadi. Kalidasa ijodi esa Hindiston adabiyotini Yevropaga tanishtirgan birinchi yozuvchi bo'lib qoldi. Kalidasa yashagan davr esa uning asarlarining tili va voqealari asosida aniqlangan. Unga ko'ra Kalidasa Guptalar imperiyasi davrida yashagan deb taxmin qilinadi. Guptalar imperiyasi esa, ma'lumki, shimoliy Hindistonda eramizning V-VI asrlarida hukmronlik qilgan sulola. Yevropalik mutaxassislar ham Kalidasa yashagan davr masalasida hind mutaxassislari fikriga qo'shiladilar. Ushbu fikrni Kalidasa ijodi bilan yaqindan tanishgan hind adabiyotshunos olimi Bxagavatsharan Upadxyay ham ilmiy tadqiqotlar asosida tasdiqlab bergan. Guptalar imperiyasi davri Hindistonda «Oltin davr» nomini olgan. Guptalar imperiyasi hukmronlik qilgan davrda Hindistonda har bir soha o'zining rivojlanish cho'qqisiga yetgan. Chunki Guptalar ilm-fan, arxitektura va madaniyatning rivojlanishiga barcha shart-sharoitlarni yaratgan. Bu davrda, asosan, matematika, astronomiya, tibbiyot (meditsina) fanlari, grammatika bo'yicha qonun-qoidalar kitobi, san'at va adabiyot hamda arxitektura rivojlangan. Buyuk grammatika mutaxassisi Patanjali, algebra asoschisi Aryabxatta, astronom Braxmaguptalar aynan shu davrda yashab ijod etgan. Hozirgi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
461.63 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
461.63 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:02 ]
Arxiv ichida: doc