Dunyoning ishlari asarining psixologik bayoni

Dunyoning ishlari asarining psixologik bayoni

O'quvchilarga / Adabiyot
Dunyoning ishlari asarining psixologik bayoni - rasmi

Material tavsifi

O'tkir Hoshimov (1941-2013) Dunyoning ishlari asarining psixologik bayoni Reja: 1. O'tkir Hoshimov ijodi. 2. Dunyoning ishlari asari. 3. Psixologik xulosa O'TKIR HOSHIMOV 1941-YIL 5-AVGUSTDA TOSHKENTNING DO'MBIRABOT DAHASIDA ISHCHI OILASIDA TAVALLUD TOPGAN. ADIBNING BOLALIGI URUSH QIYINCHILIKLARI,MUHTOJLIKLARI DAVRIDA KECHGAN.O'SHA DAVRDA NON TANQIS BO'LGANI BILAN KUTUBXONALARDA KITOB KO'P EDI,DEYA ESLAGAN EDI YOZUVCHI O'Z XOTIRALARIDA .KITOB O'QISH BAROBARIDA O'TKIR HOSHIMOV POCHTADA XAT TARQATUVCHI BO'LIB ISHLADI.AYNAN MANA SHU ISH O'TKIR HOSHIMOVNI ODDIY ODAMLARNING KITOBDAGI HAYOTDAN BUTUNLAY BOSHQACHA TURMUSHGA OSHNO QILDI. O'TKIR HOSHIMOV O'Z IJODINI SHE'R OCHERK VA HIKOYALAR YOZISHDAN BOSHLAGAN. HIKOYALAR TO'PLAMIDAN BIRI DUNYONING ISHLARI(1982)YILDA YOZILGAN. ONALARNING BIZ TUSHUNMAYDIGA,BIZNING O'LCHOVIMIZGA SIG'MAYDIGAN O'Z OLAMLARI BOR DEYDI ASAR MUALLIFI. O'TKIR HOSHIMOV IJODIDA-DUNYONING ISHLARI ASARI ADIBNING ONA OBRAZINI ENG YUQORI NUQTASI BO'LDI. QISSANI ISTE'DODLI ADIB SAID AHMAD IJOD VA JASORAT MAQOLASIDA HAQLI RAVISHDA SHUNDAY E'TIROF ETDI: -Ayniqsa ,Dunyoning ishlariasarini qissa emas,doston deb atashni istardim.U qo'shiqday o'qiladi. Uni o'qib turib o'z onalarimizni o'ylab qolamiz. Shu mushfiq,shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo'lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi? ,degan bir andisha,bir savol ko'z oldimizda ko'ndalang turib oladi. Muallifning mahorati ,lirik kechinma va epik ko'lam mushtarakligi tabiatiga ham ma'naviy-axloqiy masalalar yechimi ham,inson psixologiyasi teranligini singdira oladi. Turmush tafsilotlari, hayotiy-maishiy detallar,hissiyot quyuqligi adib shaqliy izlanishlarining g'oyaviy mazmun bilan boyitadi. O'tkir Hoshimov Dunyoning ishlariqissasida Sepkilli xola,Zebi xola,Bashorat xola, Acha xola, Amma,Risolat opa,Habiba buvi singari obrazlarga murojaat qiladi va ularni estetik markaz ona siymosi atrofiga jamlaydi. E'tiborli jihati muallif ayollarning turfa yosh-mantiqiy uzviylikda tasvirlanishi,kasb-hunar nuqtai nazaridan rang-barangligi o'zbekona turmush tarzini to'laroq tasvirlash imkonini beradi.Har bir qahramon o'zida aks etgan g'oyaviy yukni badiiy chizgilar bilan to'ldirib boradi. Asardagi hikoyalar turli voqealar bayoniga bag'ishlangan bo'lsa-da ,ularda ona-Hakima aya obrazi tutashtiruvchi ip bo'lib o'tadi,voqealar rivoji bevosita yoki bilvosita tarzda ona taqdiriga borib taqaladi . Yozuvchining o'zi ham bu fikrni tasdiqlaydi: -bu qissa katta-kichik novellalardan iborat.Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam, onam siymosi bor… Bu odamlarning qismat ham qaysidir jihati bilan onamga bog'langan… Ona timsoli dunyodagi barcha xalqlar uchun muqaddas va mo'tabardir.Ularni birlashtirib turuvchi mushtarak fazilatlar bisyor.Ona murg'ak go'dakni, tunlari beshikga tayanib,tong saxardan uyg'onib, ming bir mashaqqat bilan o'stiradi, bor mehrini berib tarbiya qiladi, oq yuvib,oq tarab ulg'aytiradi. Farzandi qo'liga zirabcha kirsa, ona qalbiga ozor beradi. Jig'arbandi nogoh qoqilsa,ko'ngli qalqib ketadi. Qismat taqozosi bilan bolasi uzoqroqda yashasa, ko'zlari yo'lda,qo'llari duoda bo'ladi.Ona har doim farzandi g'amida kun o'tkazadi, mudom uning tashvishi bilan yashaydi.O'zbek onasi har qanday musibatga bardosh berishi mumkin, lekin bolasi sabab el ichida uyatli bo'lib qolsa, bunga toqat qila olmaydi. Yillar yukidan shundoq ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.66 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:02 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.66 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga