Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. Og'zaki va yozma yodgorliklar

Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. Og'zaki va yozma yodgorliklar

O'quvchilarga / Adabiyot
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. Og'zaki va yozma yodgorliklar - rasmi

Material tavsifi

Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. Og'zaki va yozma yodgorliklar Reja: Qadimgi mif va avsonalar, qahramonlik eposi. Qadimgi xalq qo'shiqlari, lirik she'rlar. Avesto - adabiy yodgorlik sifatida. O'rxun-Enasoy yozma yodgorliklari poetikasi (Kultegin yodnomasi misolida): a) Kultegin yodnomasida alliteratsiya; b) Yodnomada poetik fikrlash; v) Kultegin yodnomasida badiiy san'atlar; Xalq tafakkuri va ijodining mahsuli bo'lgan mif va afsonalar tarixiy sharoit va voqealardan kelib chiqadi. Xalq mashaqqatlari va orzu-umidlarini o'zida aks ettirgan bu miflar, afsonalar insoniyat jamiyatining dastlabki davrlaridagi go'zal badiiy lavhalardir. Mif va afsonalarning yuzaga kelish paytini belgilash g'oyat mushkul bo'lganidek, ularda tasvirlangan hodisalarning hayot haqiqatiga qanchalik mos kelishini aniqlash ham oson emas. Ammo ularda tasvirlangan qator syujetlar real borliq va inson hayoti ko'rinishlariga asoslangani aniq. Bizgacha yetib kelgan mif va afsonalarning barchasi yozma manbalarda uchraydi. Ammo ular yozma manbalarga xalq og'zaki ijodi orqali kirib kelgan. Shuning uchun ularni xalq og'zaki ijodiga mansub, deb qaraymiz. Afsonalarning xalq hayotiga singib ketgani, ayrim marosim va urf-odatlarga asos bo'lgani esga olinsa, bu xulosa yanada qat'iylashadi. Ulardan ayrimlari bilan tanishib o'tamiz: Kayumars afsonasi. Markaziy Osiyo va Eron xalqlari orasida eng qadimiy davrlardan boshlab mashhur bo'lgan afsonalardan biri Kayumars dir. Kayumars afsonasining asosiy manbasi Avesto bo'lib, N.Mallayevning O'zbek adabiyoti tarixi kitobida aytilishicha, u Gaya Martan deb atalgan. Axura Mazda tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho'kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Kayumarsni Axriman o'ldiradi. Uning jasadidan 55 xil don, 12 xil o'simlik, sigir va ho'kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo'ladi; odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi. Bu afsonaning mufassal bayoni va uning turli nusxalari to'g'risidagi ma'lumotlar Tarixi Tabariy asarida berilgan. Firdavsiyning Shohnoma asarida Kayumars afsonasiga bir bob bag'ishlangan. Afsonaning qisqacha tafsiloti Alisher Navoiyning Tarixi muluki Ajam asarida ham mavjud. Jamshid haqida afsona. Qadimgi afsonalarda insoniyat hayotining turli lavhalari o'z aksini topgan. Jamshid haqida afsonada hayot mantiqi, shaxsiy intilishlar yo'liga o'tishning mudhish oqibatlari ochiq bayon qilingan. E.Bertelsning Istoriya tadjiksko-persidskoy literaturi asarida Avesto dagi Jamshid-Yima afsonasi bayoni berilgan. Tarixiy manbalarning ko'pchiligida Jamshid haqida afsonalar keltirilgan. Firdavsiy, Tabariy, Beruniy va Navoiy asarlarida ham Jamshid to'g'risida ancha mufassal ma'lumotlar bor. Navoiy Tarixi muluki Ajam da Jamshid uchun maxsus bob ajratadi va uni peshdodiylar tabaqasiga mansubligini, barcha ijobiy ishlarini sanab o'tadi. Navoiyning yozishicha, u husnu jamolda dilnazir va fazlu kamolda benazir erdi, g'arib ixtirolar qildi. Qurol yasash, qalqon qilish undan boshlangan. Jamshid hammom bino etgan, to'quv ashyolarini, rang ishlatishni bunyod qilgan, Istahr shahrini kengaytirgan, Chil minor degan g'oyat muhtasham bino qurgan. O'sha imoratda Jamshid taxtga o'tirgan kun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.8 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.8 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga