Eng qadimgi xalq og'zaki ijodi namunalari, miflar Faraz qilaylik, siz yaqin kishingiz bilan biron joyda uchrashishga kelishgansiz. Ammo kutgan odamingiz vaqtida oldingizga kelmadi. Shudan keyin xayolingizni har xil shubhalar egallaydi. Avvalo, tez orada kelib qolar, deysiz. Bir oz o'tgach, kelishilgan joyda anglashilmovchilik bo'ldimikan, deb o'ylaysiz. Vaqt yana o'tavergach, taxminiy sabablar soni ham ko'payaveradi.Oxiri fikringizdan ko'ngilsiz voqealar tizimi o'ta boshlaydi. Xullas, uchrashuvga yetib kelmagan kimsaning kechga qolish sababini bilmaguningizgacha tinchimaysiz. Qadim-qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimizga dunyoda ro'y berayotgan voqea-hodisalar ham ana shunday tinchlik bermagan.Masalan, o'ta qattiq yer silkinishi sodir bo'lsa, yer o'rtasidagi magma deb atalmish cho'g' borligini, uning harakatga kelish oqibatida yer qimirlashlari bo'lishini ilmiy asoslay olmagan bechora odamlar yerimizni ho'kiz shoxida ko'tarib turgan bo'lsa kerak, ho'kiz charchaganida shoxlarini qimirlatib, dam olsa kerak, oqibatda yer qimirlaydi, deb faraz qilganlar. Chunki bular u paytlarda hatto yerning dumaloq ekanini ham bilishmas edi.Bunday faraziy mulohazalar shunday ko'p bo'lgan- ki, o'tmishdagi odamlar ularga javob topishga ham ulgurmaganlar. Ammo fikr yuritish, taxminiy sabablar topish xususiyatlari hozirgi dunyo kishisida ham ajdodlar dunyoqarashiga yaqin hola dunyoqarashiga yaqin holda saqlanib qolgan,deyish mumkin. Inson hamisha har bir hodisadan o'ziga manfaatli jihatlarini topishga urinadi. Xayolan bu manfaatlarni asoslshga sabablar axtaradi. Zamonlar o'tgani sari turmush tajribasi mazkur hodisalarni turlariga bo'lish, ulardan foydali va zararlilarni ajratish imkonini beradi. Oqibatda xalq tasavvurida bunday bo'lsa, yaxshi, bunday bo'lsa, yomon degan tushunchalari paydo bo'ladi. Masalan, safarga chiqqan odam yo'lda oq tuyasi bor karvonni uchratsa, uning maqsadi amalga oshgan bo'lishi mumkin. Yo'lovchi uzoqdan bo'rini ko'rib qolsa, uning hayotida ijobiy o'zgarish ro'y bergandir. to'lqini uchratsa, aksincha bo'lgandir. Tushida bashang qiyinib, egarlangan oq otda chavandozlik qilgan yigitning ishlari yurishib ketgandir.Xonadoniga qaldirg'och in qo'ygan oila tez orada oyoqqa turib, mushkullari osonlashgandir. Aksincha, biron sabab bilan qaldirg'och inini buzgan xonadon tushkunlikka uchraganidir. Ukki sayragan hovli xonavayron bo'lgandir. Bu misollarning har biri o'nlab, yuzlab marta tajribada sinalgan. Ularning izohini har xil sharhlangan. Ayrimlari o'sha kutilgan natijani bermagan hamdir.Lekin xalq ongida yillar o'tgani sari o'ziga xos hukmlar paydo bo'lib borgan.Bu hukmlar son jihatidan ko'payib urf-odatlarga, rasm- rusumlarga asos: suvga tupurma, qaldirg'och inini buzma, qarg'ishga qoladigan ish qilma, birovga ta'masiz yaxshilik qil, hatto bir sochiqqa bir paytda ikki kishi qo'l artmasin yoki shaftolini bo'lib eb bo'lmaydi kabi tushunchalar ana shunday hodisalarning ro'y berish natijasida asrlar davomida o'zbeklar ongida shakllanib kelgan. Xalqimizning tabiati shu darajada nozik bo'lganki, uning tasavvurida raqamlar, ranglar ham yangi-yangi mulohazalar hosil qilgan. Akademik shoir G'afur G'ulom Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostonini to'liq sharh bilan nashrga tayyorlashda Xoqon farzandli bo'lgan kuni mamlakatidagi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:02 ]
Arxiv ichida: doc