Epos Epos mavzusi Voqeya - taqdir irodasi Eposning qonuniyligi Xalqchilligi Obyektivlik Ko'lamdorlik

Epos Epos mavzusi Voqeya - taqdir irodasi Eposning qonuniyligi Xalqchilligi Obyektivlik Ko'lamdorlik

O'quvchilarga / Adabiyot
Epos Epos mavzusi Voqeya - taqdir irodasi Eposning qonuniyligi Xalqchilligi Obyektivlik Ko'lamdorlik - rasmi

Material tavsifi

Epos Epos mavzusi Voqyea - taqdir irodasi Eposning qonuniyligi Xalqchilligi Obyektivlik Ko'lamdorlik Mahobhorat Yangi davr eposi Roman O'tkan kunlar Reja: Kirish Epos Epos mavzusi Voqyea - taqdir irodasi Eposning qonuniyligi Xalqchilligi Obyektivlik Ko'lamdorlik Mahobhorat Yangi davr eposi Roman O'tkan kunlar V. G. Belinskiy ta'biricha, Epos xalqning endigina uyg'ongan ongining poeziya sohasida birinchi pishgan mevasidir. Epopeya xalqning faqat go'daklik davrlarida, uning hayoti hali ikki qarshi tomonga - poeziya va prozaga ajratilmagan choqda, xalqning tarixi faqat afsona bo'lgan zamonda, dunyo haqida uning tushunchalari faqat diniy tasavvurlardan iborat bo'lganda, uning kuch - qudrati va toza faoliyati faqat qahramonlik g'alabalarida ko'ringan zamonlardagina paydo bo'lishi mumkin (V.Belinskiy, 167- bet). Epos xalqning taqdiriga ta'sir ko'rsatgan buyuk tarixiy voqyealar - olingani uchun uning bosh qahramoni tarixdir. Shu sabab unda xalq taqdiri ham, alohida shaxs taqdiri ham dunyoviy ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy voqyeaga bog'liq bo'ladi, ana shu tarixiy voqyea ularni yurgizib turg'izadi, taqdirini hal etadi. Bundan ko'rinadiki, eposda odam emas, voqyea hukmronlik qiladi. Voqyea - tabiatning o'zginasi - tarzida, taqdirning irodasi bo'lib namoyon bo'ladi. Uni inson o'zgartira olmaydi, balki u insonni o'zining irodasiga bo'ysindiradi. Odamlar qo'rqadigan va xudolarning o'zlari ham so'zsiz bo'ysinadigan (Mahobhorat va Ramayana ni eslang -H.U) bu taqdir nima? Bu greklarning tushunchasidirkim, biz yangilar, uni ongli zaruriyat, voqyelik qonunlari, sabablar bilan natijalar o'rtasidagi nisbat, xullas, obyektiv harakat deb ataymiz, u o'sadi va o'z ongining ichki quvvati orqasida harakatga keladi, bug' mashinasi kabi yuradi, u to'xtamasdan, yo'ldan toymasdan boradi, unga odam uchrasa, yanchib ketishi mumkin, metin tog' uchrasa, o'zi parchalanib ketishi mumkin (V. Belinskiy, 146-bet). Homerning Iliada va Odesseyasi, hindlarning Mahobhorat va Ramayana si, qirg'izlarning Manasi, armanlarning Sosunli Dovudi, o'zimizning Alpomishimiz, ozarbayjonlarning Ko'r o'g'lisi yuqoridagi mulohazalarning isbotidir. Mahobhoratda Mahobhorata yoki Baharata avlodlari jangnomasi tasvirlanadi. Insonparvarlik, elparvarlik, Adolat va haq bilan odamkushlik, kibr, zulm, haqsizlik o'rtasidagi kurash - Dahshatli olov singari lovullab, okeanning u qirg'og'idan bu qirg'ogigacha bo'lgan qancha-qancha ellarni o'z domiga tortgan, qancha-qancha qurbonlar yutgan mislsiz jang haqida1 hikoya qiladi. Epos qomusiy xarakterga ega. Ulkan Mahobhoratda hind xalqi tarixiga oid qariyb ming yillik fakt va voqyealar, qo'shni mamlakatlardagi qabila va xalqlar xususidagi ma'lumotlar, ko'plab afsona va rivoyatlar, epik, didaktik, diniy dostonlarning qadimiy syujeti va motivlari, qonun va davlat nizolari, oltita falsafiy ta'limot, oltita diniy sistema va mafkura jamuljam etilgan. Qo'shimcha lavhalar Mahobhoratning qariyb yarmini tashkil etadi. Bizga ma'lum Mahobhorat 100 ming shlok (parcha)dan iborat. Biroq Mahobhoratning million shlokli nusxasi ham mavjud bo'lgan. Manas eposining Karalayev varianti 460 ming shlokni o'z ichiga oladi 2 - deydi epos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.13 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.13 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga