Ergash Jumanbulbul o'g'li Ergash Jumanbulbul o'g'li xalq dostonlarini mahorat bilan ijro etuvchi ijodkor bahshi edi. Uning yetti ajdodi shoir o'tgan va mashhur bahshilar sifatida hamisha ustozlar qatorida olgan, otasining Jumanbulbul nomiga ega bo'lishining o'zi bu oiladagi iste'dod egalari ko'p yetishganligidan dalolat beradi. Undan Hodi Zarif, G'ozi Olim Yunusov, Muhammad Iso Ernazar o'g'li kabi olim va ziyolilar 33 nomdagi asarlarni yozib olishgan. Uning asarlaridan namunalar va ijodi haqidagi maqolalar soni 200 ga yaqin. Ayniqsa, o'zbek folklorshunosligining asoschisi Hodi Zarifov tomonidan yozilgan maqola, ilmiy tadqiqotlarda Ergash shoirning ulkan xalq san'atkori ekani asosli tarzda misollar bilan tahlil qilingan. Ergash Jumanbulbul o'g'li 1868- yilda Nurota tumaniga qarashli Qo'rg'on qishlog'ida tug'ilgan. Shoirning ota-bobolari shu qadar doston aytishga mohir edilarki, ularning ijro usulidagi o'ziga xoslik Ergash tug'ilgan qishloq nomini o'zbek dostonchiligidagi alohida maktab sifatida tan olinishiga sabab bo'ldi. Ergash Jumanbulbul o'g'li esa bu maktab nomini abadiylashtirishga munosib hissa qo'shdi. 1875-76- yillarda Jumanbulbul o'g'lini qishloq masjidi huzuridagi maktabga o'qishga beradi. O'qishga bo'lgan havasini hisobga olgan ota o'z o'g'lini Buxoro madrasasida o'qitadi. Natijada, Ergash shoir o'z davridagi o'nlab bahshilardan farqli ravishda o'qish- yozishni o'rgandi, Nizomiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlar asarlarini mutolaa qildi, hatto keyinchalik mirza (kotib) bo'lib ishladi. Ergash shoirning shaxsiy hayotida oilaviy musibatlar ko'p bo'ldi. 18 yoshida uning otasi vafot etgan. Ukalari Abduhalil, Abdujalil, singlisi Mahkamoy yosh paytlarida dunyodan ko'z yumganlar. Shuning uchun shoirning termalarida oilaviy baxtsizlik haqidagi misralar ijodining salmoqli qismini tashkil etadi. Xususan, ukasi Abduhalil o'limi bilan bog'liq aytgan yig'ida shunday deyiladi: Emrandi tanimda jonim, Xazon bo'ldi gulistonim, Yig'lashib yor -yoronim, Bemahal qurib bo'stonim, Qo'ldan uchdi bo'z tarlonim, Eshitinglar qadrdonim, Yolg'iz inim, suyanganim, Shunqorimdan judo bo'ldim. Oilaviy qiyinchilik va tashvishlar bahshining umr bo'yi Samarqand, Zarafshon atrofida qishloqma-qishloq doston, terma aytib yurishga majbur qildi. Ammo shu bilan birga bu muttasil safarlar uni odamlarga tanitdi, mashhur bahshi sifatida nom qozonishga olib keldi, bahshilik san'atining mukammal egasi, ustoz shoir bo'lib yetishishiga sabab ham bo'ldi. Ergash shoir umri davomida yana o'qituvchilik, dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Hayotning so'nggi yillarida asosan dostonlarni yozdirdi, doston aytdi, termalar yaratdi. Har bir bahshi o'z ijodi davomida bir-ikkita dostonni alohida mehr bilan ijro etadi. Unga butun vujudini, iste'dodini bag'ishladi. Ergash Jumanbulbul o'g'li Ravshan, Kuntug'mish dostonlarini ana shunday muhabbat bilan ijro etgan. Shuningdek bahshi Alpomish, Qunduz bilan Yulduz, Dalli, Xushkeldi, Avazxon, Hasanxon kabi o'nlab dostonlarni maroq bilan ijro qilgan. Shoir ijodiga xos xususiyatlardan biri ijrosidagi dostonlarning syujet va kompozitsiyasidagi mukammallik edi. Yozma adabiyot namunalaridan yaxshi xabardor bo'lgani sababli bahshi Alisher Navoiy dostonlaridagi mukammallikni og'zaki ijodga tatbiq ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.48 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.48 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:02 ]
Arxiv ichida: doc