Erkin Vohidov Ruhlar isyoni

Erkin Vohidov Ruhlar isyoni

O'quvchilarga / Adabiyot
Erkin Vohidov Ruhlar isyoni - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 23-mavzu: ERKIN VOHIDOV «RUHLAR ISYONI» dostoni haqida «Ruhlar isyoni» dostoni Erkin Vohidov ijodida muhim o'rin tutadi. Doston o'tgan asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan otas hin bengal shoiri Nazrul Islomning qahramonona va fojiali taqdiriga bag'ishlanadi. Shoirga qalbidagi dardini ifodalash uchun Nazrul Islomning achchiq qismati vosita bo'lgan. Chunki o'sha davrda O'zbekiston ham sobiq Ittifoqn ing mustamlakalaridan biri bo'lib, o'zbek xalqining erki va mustaqilligi o'z qo'lida emas edi. Mustamlakachilar tomonidan o'zbek millatining ming yillik an'ana va urf-odatlari, milliy qadriyatlari, ilm-u urfonining toptalishi, yo'q qilinishi, ma'rifatparvarlarni xalq dushmani sifatida qamalishi va qatl etilishi, so'z erkinligining yo'qligi shoirni ushbu mavzuga qo'l urishga undagan, albatta. Chunki yurt boyligi yetarli bo'lsa-da, xalqining mehnatiga yarasha farovon yashamasligi, kamsitilishi, nazar-pisand etilmasligi Erkin Vohidovga ham Nazrul Islomday tinchlik bermadi. Shu bois Erkin Vohidov nafaqat o'zini, barcha erksevarlarni qiynayotgan dil tubidagi dard-sitamlarni Nazrul Islom tilidan baralla aytishga jazm etdi va bunga erishdi. Dostonda Vatanining ingliz mustamlakachilaridan ozod bo'lishini orzu qilgan va mana shu yo'lda o'z umri hamda erkini bahshida etgan vatanparvar Nazrul Islomning tutqun-likdagi hayoti, his-tuyg'ulari badiiy tasvirlanadi. Ona yurtida zulm va zo'ravonlik, irqchilik, erksizlikning avjiga chiqishi, mustamlakachilar tomonidan hind xalqi qonining zulukdek so'rilishi, ayovsiz ezilishi, och-nochorligi shoir qalbini junbishga keltiradi. Dostondagi «Isyon qo'shig'i»da Nazrul Islom hind xalqini asriy qullikka qarshi kurashga, o'z ozodligi uchun bosh ko'tarishga da'vat etadi: So'yla, inson, So'yla, qadding ko'tarib baland. Yuksaklikda sening qadring Himolay monand Uyg'onmoqning vaqti keldi, Bosh ko'tar, uyg'on! Ammo bu she'rni eshitgan olomon da'vatkor shoirni xalq tinchini buzuvchi dushmanga chiqardi. Olomonning o'z shoirini anglab yetmagani, unga ergashmagani mustamlakachilarga juda qo'l keldi va shoir ozodlikdan mahrum etiladi. Malomatga qoldi endi Shoir bitib haq doston. Hindu uni «jobon» dedi, «Kofir» dedi musulmon. Dostondagi qator mavzularni yoritishda shoir turli xil afsona hamda rivoyatlardan foydalanadi. Dostonning uchinchi faslidagi «tutqunlik» mavzusida Nazrul Islomning zindondagi o'y-xayollari, insoniy his-tuyg'ulari mohirona va isxonarli tarzda bayon etiladi. Shoir onasini g'am-qayg'uga qo'yganligidan iztirob chekadi. Nazrul Islom o'zini gunohkor hisoblamaydi, agar gunohi bo'lsa, u ham faqat onasining oldidagi farzandlik burchini ado eta olmaganida va xalqini ozodlik sari boshlaganida, deb biladi. Aslida, haqiqat ham shundan iborat. Onajonim, Menga bu kun Sendan o'zga dilxoh yo'q. Zindondaman, Bilmam, nechun, Menda zarra gunoh yo'q. Gunohkorman Na Ollohim, Na vijdonim oldida. Faqatgina… Bir gunohim Onajonim oldida. Kechir, onam! Ko'zingda g'am, Azob bo'ldim joningda. Shuningdek, shoir jafokash hind xalqining tinimsiz og'ir mehnat qilishi, och-yalang'och, uysiz, joysiz kun ko'rishi va yurt boyliklarining huzurini kelgindi mustamlakachilar ko'rayotganini o'ylab yurak-bag'ri o'rtanadi. Necha ming yil Manglay tering To'kib yerga, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.87 MB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:02 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.87 MB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga