Mavzu: ERKIN VOXIDOVning O'zbegim qasidasida Vatan madhi Erkin Vohidov Erkin Vohidov Erkin Vohidov - taniqli o'zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. To'qqiz yoshida otasidan, bir yildan so'ng onasidan ajralgan. Toshkentlik tog'asi Karimboy Sohiboev qo'lida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O'zMU)ning o'zbek filologiyasi fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. So'ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali «Yoshlik»ning asoschisi (1982). U I va II chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda O'zbekiston Oliy majlisining qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi «Tong nafasi» 1961 yilda chop etildi. Shundan so'ng uning «Qo'shiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1964), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Yoshlik devoni»(1969), «Charog'bon» (1970), «Quyosh maskani» (1972), «Tirik sayyoralar» (1978), «Sharqiy qirg'oq» (1981), «Kelajakka maktub» (1983), «Muhabbat» (1984), «Hozirgi yoshlar» (1986), «Iztirob» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) kabi she'riy to'plamlari nashr qilindi. Shoir inson ruhiyatining nozik va ilg'ash mushkul manzaralarini ta'sirchan aks ettiradi. Odamni komil ko'rmoq istagi uning she'rlari asosini tashkil qiladi. O'zbegim Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon o'zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o'zbegim. So'ylasin Afrosiyobu So'ylasin O'rxun xati, Ko'hna tarix shodasida Bitta marjon, o'zbegim. Al Beruniy, Al Xorazmiy, Al Farob avlodidan, Asli nasli balki O'zluq, Balki Tarxon, o'zbegim. O'tdilar sho'rlik boshingdan O'ynatib shamshirlarin Necha qon, necha sulton, Necha ming xon, o'zbegim. Tog'laring tegrangda go'yo Bo'g'ma ajdar bo'ldi-yu, Ikki daryo - ikki chashming, Chashmi giryon, o'zbegim. Qaysari Rum nayzasidan Bag'rida dog' uzra dog', Chingizu Botu tig'iga Ko'ksi qalqon, o'zbegim. Yog'di to'rt yondin asrlar Boshingga tiyri kamon, Umri qurbon, mulki toroj, Yurti vayron, o'zbegim. Davr zulmiga va lekin Bir umr bosh egmading, Sen - Muqanna, sarbador - sen, Erksevar qon, o'zbegim. Sen na zardusht, sen na buddiy, Senga na otash, sanam, Odamiylik dini birla Toza imon, o'zbegim. Ma'rifatning shulasiga Tolpinib zulmat aro, Ko'zlaringdan oqdi tunlar Kavkabiston, o'zbegim. Tuzdiyu Mirzo Ulug'bek Ko'ragoniy jadvalin, Sirli osmon toqiga ilk - Qo'ydi Narvon, o'zbegim. Mir Alisher na'rasiga Aks-sado berdi jahon, She'riyat mulkida bo'ldi Shohu sulton, o'zbegim. Ilmu she'rda shohu sulton, Lek taqdiriga qul, O'z elida chekdi g'urbat, Zoru nolon, o'zbegim. Vatanimiz boshiga musibatli kunlar tushganida ham o'z istiqloli uchun qalbdagi tuyg'ularini baralla ayta olgan bu shoirimizga tasannolar aytsak arziydi. Uning har bir she'rlarida insonning yuragida his uyg'otadigan kuch mavjud. O'zbegim qasidasi haqida O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov bilan bo'lib o'tgan suhbatlarimizdan birida shunday degan edilar: Haqiqiy ijodkor o'z xalqining fidoiy va sodiq farzandi bo'ladi. Bu ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:02 ]
Arxiv ichida: pptx