Erkin Vohidovning tarjimonlik mahorati MUNDARIJA Kirish 3 I. BOB. ERKIN VOHIDOV VA O'ZBEK TARJIMACHILIK TARAQQIYOTI 1.1. Gyote va uning Faust asari haqida ……. 1.2. Gyote va Erkin Vohidov ijodiy ruhiy uyg'unligi II BOB. ERKIN VOHIDOV TARJIMASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATI 2.1. Faust tarjimasida shakl va mazmun mutanosibligi ……. 2.2. Tarjima va badiiyat uyg'unligi Umumiy xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgach xalqimizning boy va qadimiy madaniy merosi, urf-odat, an'ana va milliy qadriyatlarini o'rganish va qayta tiklashga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Mustaqilligimizning ilk yillaridayoq xalqimiz ma'naviyatining asos-manbalaridan bo'lgan diniy- ma'rifiy mazmundagi asarlarni chuqur o'rganish, ularning tarjima, sharh, nashr tahlil hamda davr talablari asosidagi talqinlarini amalga oshirish dolzarb xususiyat kasb etib kelmoqda. Darhaqiqat, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishda o'zbek tarjima adabiyotining ham o'rni beqiyosdir. Nodir va durdona asarlarini o'zbek tiliga o'girish, shu asosda ularni adabiyotimiz va ma'naviyatimiz xazinasining bebaho boyligiga aylantirish juda qadimiy an'anaga egadir. Bugungi kunda o'zining serqirra va sermahsul tarjimonlik faoliyati bilan o'zbek tarjimachilik adabiyotini rivojiga katta hissa qo'shib kelayotgan iste'dodli shoir, tarjimon, O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovdir. Uning tarjimachilik sohasidagi jo'shqin faoliyati o'tgan asrning 70-yillarida boshlangan edi. Mohir tarjimonning bu sohadagi faoliyatining cho'qqisi Gyotening Faust asarining o'zbek tiliga tarjima qilinishi deb aytish mumkin. Faust asari jahon adabiyotining eng muhim masalalari xususida bahs yuritadigan buyuk asardir. Bu asarning o'zbek tiliga mahorat bilan o'girilishi xalqimizning ma'naviy erishgan yutug'laridan biri bo'lib, shoir ijodining ana shu qirrasi yuzasidan, aytarli biror tadqiqot qilinmagan Bitiruv malakaviy ishining mavzusiga ana shu talab va mezonlar nuqtai nazaridan qaraganda uning dolzarb ekanligi yaqqol namoyon bo'ladi. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. O'zbek adabiyotshunosligida adabiy aloqa va o'zaro ta'sir masalalarining muhim ko'rinishidan biri hisoblangan badiiy tarjimachilikning o'ziga xos xususiyatlari, o'zbek adabiyotida tarjimachilik taraqqiyotining bosqichlari haqida va umuman, uning adabiyotimiz rivojidagi o'rni xususida ayrim fikr mulohazalar bildirib o'tilgan. Badiiy tarjimachilik bugungi kunda ham dolzarblik xususiyat kasb etib kelmoqda. Jahon adabiyotining nodir namunalarining o'zbek tiliga o'girilishida Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov, M. Shayxzoda, O.Sharafidinov, Jamol Kamollar bilan bir qatorda E.Vohidovning tarjimonlik faoliyati muhim o'rin tutadi. O'zbek adabiyotshunosligida badiiy tarjimachilik haqidagi V.Abdullayev, V.Zohidov, O.Sharafiddinov, N.Mallayev, N.Komilov, G'.Salomov va boshqalarning tadqiqotlarida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tilgan. Erkin Vohidovning tarjimonlik mahorati, ayniqsa, uning Faust tarjimasi bilan bog'liq ayrim fikr-qarashlar M.Qo'shjonov, G'.Salomov, O.Sharafiddinov, N.Rahimjonov, S.Meliyevlarning maqolalarida ko'zga tashlanadi. O'zbek adabiyotshunosligi va tarjimashunosligida Erkin Vohidovning tarjimonlik faoliyati monografik tarzda tadqiq etilmagan. Shundan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishda Faust asari tarjimasi misolida Erkin Vohidovning tarjimonlik mahoratini o'rganish, tahlil va talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Bitiruv ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.44 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.44 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:03 ]
Arxiv ichida: doc