Ertak janrida mifiklik - genetik asos va tamoyil

Ertak janrida mifiklik - genetik asos va tamoyil

O'quvchilarga / Adabiyot
Ertak janrida mifiklik - genetik asos va tamoyil - rasmi

Material tavsifi

Ertak janrida mifiklik: genetik asos va tamoyil mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija KIRISH……3-7 I.BOB. Mifik obraz yaratish tamoyillari I.1 Mifik ertaklarning janriy xususiyati va syujet birligi ……8-25 1.2. Ertak janridagi mifik obrazlarning genetik asosi…… 26-36 II.BOB. Qushlar obrazlarining badiiy-mifik funksiyasi 2.1. Semurg' ertagidagi qush obrazi va uning genezisi……37-47 2.2. Mifik asosga ega qush obrazlarining badiiyati…….…48-52 XULOSA…….……53-56 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI……57-59 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, … ajdodlarimizning tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalari… bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir. Lekin xalq og'zaki ijodi va uning mif, ertak, doston kabi janrlari zamiriga yashiringan ko'plab hikmatlar hali to'la o'rganilmagan. O'rganilganlari ham kishilik jamiyatining ma'lum bir davrida qayta tahlil va ilmiy izlanishni talab qiladi. Ana shunday yuksak ma'naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og'zaki ijodini tom ma'noda anglash uchun esa uning g'oyaviy-badiiy va janr xususiyati, poetik strukturasi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslari atroflicha tadqiq etilishi lozim bo'ladi. Xalq og'zaki ijodini o'rganishda bunday kompleks yondashuv uning jonli og'zaki ijro sharoitida o'ziga xos ravishda yaratish, tarqalish xususiyatlarini, uzoq asrlik taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog'liq ayrim hodisalarning aks etishi darajasi, konkret asarlar syujeti, obrazlar tizimida turgan o'rni, badiiy funksiyasi hamda mohiyatini alohida-alohida tadqiq etishni talab etadi. Folklor asarlarda o'z aksini topgan dunyoqarash, qadriyatlar yosh avlodni har tomonlama bilimli, ma'naviy jihatdan yetuk etib tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Zero, xalq og'zaki ijodi ma'naviy taraqqiyotning asosiy tarixiy ildizlaridandir. Shunday ekan, xalqimizning qalb qo'ri, yuksak aql-zakovati bilan asrlar davomida yaratilib, avloddan-avlodga o'tkazib kelingan folklor namunalari qatori ertaklarni ham o'rganish muhim ahamiyatga ega. Qadimiy epik an'analarni o'zida mujassam etgan ertaklar xalqimizning mifologik tasavvurlari, e'tiqodiy qarashlari, turmush tarzi va ma'naviyatini o'zida jamlagani uchun ham ularning kishilarga, ayniqsa, yosh avlodga badiiy-estetik ta'siri nihoyatda kuchlidir. Ertaklarni tadqiq etish va targ'ib qilish orqali millatimiz ma'naviyati va madaniyati tarixiga oid ko'plab badiiy-ijtimoiy ma'lumorlarni olishimiz mumkin. Shuning uchun ertaklarning o'ziga xos badiiy xususiyatlarini chuqurroq o'rganish xalq badiiy tafakkurining qonuniyatlarini yanada teranroq anglashga xizmat qiladi. O'zbek folklorshunosligida ertak janri va ulardagi mifik asosga ega obrazlarni o'rganishda ma'lum bir yutuqlarni qo'lga kiritilganiga qaramay, hozirgi ma'naviy-ma'rifiy ehtiyoj folklorshunoslardan ertaklarni yanada chuqurroq o'rganishni talab etmoqda. Chunki mustaqillik yillarida shakllangan yangi badiiy- estetik tushunchalar avval tadqiq etilgan ertak va ulardagi mifik asosga ega qush obrazlarini qayta tadqiq etishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan ertak janridagi mifiklik ya'ni genetik asos va takomilni o'rganish bitiruv malakaviy ishning dolzarbligini belgilaydi Ishning maqsad va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishda ertak janridagi mifiklik va uning genitik asosini o'rganishni maqsad qilib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 61.61 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 61.61 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga