Ertaklarda animizm, magiya va totemizm Ma'naviy - ruhiy ta'sirning qudratli vositasi - ruh va uning adabiyligiga ishonch animistik (lotincha anima-jon, ruh so'zidan olingan) qarashlarning asosiy g'oya va mazmunini izohlaydi. Animistik tasavvurlarning mifologik talqini - mif - asotirlar va afsonalarda ifodalangan g'ayritabiiy, ilohiy qarashlar, ya'ni ruhning adabiyligiga ishonch ibtidoiy inson tasavvurida ayni haqiqat hisoblangan. Mazkur hodisa dunyo xalqlari tarixida ibtidoiy dinlarning eng qadimgi ko'rinishlaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Bu haqdagi qarashlarini taniqli folklorshunos olim B.Sarimkosov shunday izohlaydi: «Ma'lumki, juda ko'p xalqlarda, jumladan, o'zbeklarda ham odam uch qismdan tashkil topganligi haqidagi tasavvur juda qadimdan mavjud. Bu qismlar: tana, jon va ruh. Tana - jon hamda ruh bilan tirik. Inson o'lgach, uning tanasi yerda qoladi va chirib tuproqqa qo'shiladi. Jon esa osmonga uchib ketadi. Ruh ham tanani tark etadi, ammo qush yoki boshqa jondor sifatida o'lganning uyiga, uning yaqinlaridan xabar olgani tez - tez kelib turadi». (Sarimsoqov B. Epik janrlar diffuziyasi O'zbek folklorining epik janrlari. -Т.: Fan. 1981 y. 160 - bet). Ushbu tasavvurni atroflicha, kengroq tushunish uchun ertaklarga murojaat etamiz. Ta'kidlash joizki, animistik tasavvurlarning badiiy kuchimi, asosan, sehrli ertaklardagina saqlanib qolgan. Uning ayrim rudimentlari, xususan, evrilish hodisasi hayvonlar haqidagi ertaklarda ham uchraydi. Masalan, «Bo'ri bilan tulki» ertagida tulki personajining ayrim o'rinlarda bir yumalab boshqa jondorga aylanish hodisasiga duch kelamiz. Ertak muqaddimasida bo'ri do'sti tulkiga: «Qornimni to'yg'azib, xursand qilib qo'ygin», - deydi. Tulki do'sti bo'rining iltimosini bajarish uchun u bilan birga yo'lga tushadi va qo'lida dasturxon ko'targan xotinlarga duch keladi: « shunda tulki bir yumalab bedana bo'libdi va xaligi xotinlarning oldiga tushib yurgalay boshlabdi». Ularga firib berib, maqsadiga yetgach, yana o'z xoliga qaytib, bo'rining yoniga boribdi. (O'zbek xalq ertaklari. 1-torn. - T: O'z.Dav.nashr. 1962 y. 37 - bet). Shuni aytish kerakki, mazkur ertakdagi evrilish motivi keyingi hodisa bo'lib, sehrli ertaklar syujetidagi qahramonlar jonining kapalak yoki qushga aylanish motivi ta'sirida yuzaga kelgan. Ertakdagi ayni tasavvur, ya'ni tulki xolatidagi evrilish motivi orqali ruh va uning abadiyliliga ishonchning asosiy mohiyati -moddiy olamda hayotning aylana shaklda davom etishi haqidagi animistik tasavvurlar badiiy ifodalarda tasvirlangan. Binobarin, «Hayotning bunday doiraviy harakterini izohlash uning makon va zamonda cheksizligini ifodalashga xizmat qiladi». (Sarimsoqov B. Epik janrlar diffuziyasi O'zbek folklorining epik janrlari. - Т.: Fan. 1981. 108 - bet). Bu tushuncha «Bo'ri bilan tulki» ertagida tulki personaji qiyofasida evrilish motivi bilan bog'liq ifoda usuli orqali aks ettirilgan. Biroq shu o'rinda ta'kidlash joizki, evrilish motivi hayvonlar haqidagi ertaklar tarkibida an'anaviy mohiyat kasb etmaydi. Bu hodisa sanoqli ertaklardagina saqlanganki, bunday tushunchalar mazkur tipdagi ertaklarning ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:03 ]
Arxiv ichida: doc