Ertaklarda real voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari

Ertaklarda real voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Ertaklarda real voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari - rasmi

Material tavsifi

Ertaklarda real voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari Reja: Ibtidoiy davrning ilk bosqichi Ibtidoiy davrning ovchilik bosqichi Ibtidoiy jamiyatning chorvachilik bosqichi Ibtidoiy jamiyatning nisbatan keyingi bosqichi Real voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari hayvonlar haqidagi ertaklarga xos tarixiylikning uchinchi belgisi hisoblanadi. E'tirof etish kerakki, ertaklar xalqning badiiy tafakkurida qaytadan jonlangan real tarixdir. Biroq bu jonlanish real tarixiy voqeliqdan keskin farq qiladi. Binobarin, ertaklarda real voqeliqni badiiy aks ettirish fantastika va hayoliy uydirmalarga asoslanadi. Hayvonlar haqidagi ertaklarda real voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. V.Ya. Propp qayd etganidek «Ertak, albatta, turmushdan tug'iladi». Binobarin uzoq o'tmish ajdodlarimizning hayvonot olami haqidagi ibtidoiy tasavvuri hamda nuqtai nazari ilk bor qadimiy mif va afsonalarda tasvirlangan bo'lsa, ularning badiiy shaklga kirgan namunalari esa ertaklarda mukammallashdi. Ma'lum bo'ladiki, hayvonalar haqidagi ertaklarning dastlabki namunalari hayoliy uydirmalar asosiga ko'rilgan, boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, mazkur turdagi ertaklar bevosita hayvonlar bilan bog'liq qadimiy afsona va asotirlar zaminidan о'sib chiqdi. Bu bilan biz hayvonlar haqidagi miflarni shu tipdagi ertaklarning yuzaga kelishi va shakllanishida dastlabki manba bo'lganligini ta'kidlab o'tmoqchimiz, xolos. Masalaga mantiqan yondashadigan bo'lsak, garchi miflar dastlabki manba sifatida e'tirof etilsa-da, ularni ertaklardagi badiiy vositalarning shakllanish jarayonini belgilovchi yagona omil, deb baholamaslik kerak. Chunonchi, real voqelikka munosabatning badiiylashuvi murakkab jarayonlar bilan bog'liq omillarni o'z ichiga oladi. Bunda, avvalo, ijtimoiy-tarixiy davr ta'siri va shunga mos keluvchi ijtimoiy-psixologik dunyoqarashalar taraqqiyoti yetakchi o'rin tutadi. Ana shu hodisadan kelib chiqqan holda hayvonlar haqidagi ertaklarda real voqelikni badiiy aks ettirishning vujudga kelishi -evolyutsiyasi va shakllanish jarayonini bosqichma - bosqich davrlarga bo'lib tahlil qilish mantiqan o'rinlidir, deb hisoblaymiz. Bizningcha, hayvonlar haqidagi ertaklarda real voqelikning badiylashish jarayoni ibtidoiy davrning tarixiy bosqichlari bilan bog'liq holda voqe bo'lgan. lmiy manbalar tahlili shuni ko'rsatadiki, ibtidoiy davr bosqichlari aqliy tafakkur rivojida ma'naviy madaniyatning paydo bo'lishi va tadrijiy takomillashuv jarayonlari bilan bir-biridan o'zaro farq qiladi va ular quyidagicha guruhlarda tahlil etiladi. Ibtidoiy davrning ilk bosqichi. Mazkur bosqichga xos asosiy qarashlar hayvoniy odat va hatti-harakatlardan ramziy andoza olish hamda uni insoniy qiyofa va munosabatlar mazmuniga singdirish aqidasini ilgari surish bilan harakterlanadi. Bu o'rinda ongli ifoda yoki ongli hatti - harakat tamoyillari emas, balki mifik tushuncha va mifik tasavvur ustunligi zohir bo'lgan. Shunga muvofiq, odamning hayvon bilan qarindoshligi haqidagi totemistik tasavvurlar yoki hayvonning odam qiyofasidagi tasviri ana shu davrlarda yaratilgan mif va og'zaki hikoyatlarning mag'zini tashkil etgan, deyish mumkin va ularning yig'indisi folklorshunoslikda totemistik miflar nomi bilan yuritiladi. Totemistik miflar mavzu doirasining keng qamrovga egaligi va mohiyatan ramziy umumlashmalarga boyligi jihatidan badiiy, ilmiy hamda tarixiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.36 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.36 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga