Etnografik ma'lumot va arxeologik topilmalar - totemik talqinlar tayanchi

Etnografik ma'lumot va arxeologik topilmalar - totemik talqinlar tayanchi

O'quvchilarga / Adabiyot
Etnografik ma'lumot va arxeologik topilmalar - totemik talqinlar tayanchi - rasmi

Material tavsifi

Etnografik ma'lumot va arxeologik topilmalar-totemik talqinlar tayanchi Etnografik ma'lumotlar tahlili shuni ko'tsatadiki, totemizm kishilik tarixining ilk bosqichlaridan boshlab barcha etnik guruhlar hayotida yetakchi o'rinni egallagan. Binobarin, hech bir xalq o'z taraqqiyoti davomida bu bosqichni chetlab o'tmagan. Uning ilkin izlari ko'hna tarix qaridan to bugungi kunga qadar dunyo xalqlari o'rtasida saqlanib kelmoqda. Shu jihatdan olganda, G. Jalolovning «Hozirgi kunda Hindistonda sigir va maymunga, birmada kobra ilonga, Sharqiy -Janubiy Osiyoda ho'kizga va dunyoning boshqa ko'plab mamlakatlarida turli hayvonlarga sajda qilish holatlari qadimiy totemistik qarashlar bilan bog'liq» degan e'tirofini ancha asosli deyish mumkin. Totemizm qadimgi turkiy xalqlar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etgan. So'z hayvonlarning totemlik mohiyati xususida ketar ekan, B. Sarimsoqovning hozirgi turkiy xalqlar emas, «balki iqtisodiy - siyosiy jihatdan tarqoq bo'lgan qadimgi juda ko'p urug' va qabilalar tasavvuri bilan ish ko'rishimiz lozim», degan fikriga asoslanish o'rinli deb bilamiz. Hozirgi Markaziy Osiyo, Janubiy Sibir va Janubiy Ural xalqlari tarkibida juda ko'p turkiy qabilalar, urug'lar mavjud bo'lib, mazkur urug' va qabilalarning asosiy qismi bo'ri, ayiq, ot, it, ilon va ho'kiz kabi hayvonlarni o'z totemlari hisoblab, ularga sig'ingan va e'tiqod qilgan bo'lsalar, ba'zi bir kabilalar esa bug'i, ayiq, kuy kabi hayvonlarga sig'inib, ularni yaratuvchi va homiy darajasida ilohiylashtirganlar. Ana shu e'tiqod tufayli qabila a'zolari o'z totemlariga qarab urug'-aymoqlarga bo'linganlar. Shunga muvofiq qabila va urug' nomlari totem sifatida qabul qilingan hayvon nomi bilan atala boshlangan. M. Jurayevning e'tirof etishicha «qozoq, boshqird, mug'ul xalqlarida totemistik tasavvurlar bilan bog'liq bo'lgan «bo'ri», «bo'rinayman» kabi urug'lar uchraydi». Yoki turkman xalqi orasidagi «taka» urug'ining mavjudligi ham shundan dalolat beradi. Shuningdek, Ashina va Usun Uyshun kabi qabilalar ham bo'riga totem sifatida topinuvchi urug' vakillari hisoblanadi. Yana bir misol, turkiy qavmlarning urug'-qabila nomlari orasida oq va qora kuy bilan bog'liq atamalar ham uchraydi. Buni Ye.D.Tursunovning kuzatishlari tasdiqlaydi. XII asrda Amudaryodan o'tib Eronning shimoliy rayonlarida o'rnashgan turkman urug'larining bayrog'ida kuy kallasining tasviri tushirilganligini etnograf G. I. Karpov qaydlarida ham tasdiqlanadi. Shuningdek, oq qo'yli, qora qo'yli urug'lari qozoqlarda ham mavjud bo'lgan. «Ugo'znoma»da tasvirlangan oq va qora qo'ylarni hoqon taxti yonidagi yog'ochlarga bog'lash motivida ham bu kabi atamalar mohiyatida totem va unga e'tiqod tushunchalari mujassamlashgan. Yuqoridagi fikrlarni to'ldirish va dalillashda ibtidoiy davrga oid arxeologik topilmalar hamda gor devorlariga ishlangan turli xil hayvon tasvirlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu o'rinda e'tiborga molik ma'lumotlar talaygina. Jumladan, S.P. Tolstov ko'pgina arxeologik ashyolar va tarixiy manbalar asosida Sharq xalqlari, xususan, turkiy qabilalar madaniyatida ot, ilon, ho'kiz va boshqa hayvonlar kultiga sig'inish hamda ularni ilohiylashtirish hollari tarixiy haqiqat ekanligini e'tirof ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.75 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.75 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga