Ezop (mil. av. 6-asr) Masalchi Ezop, odamlar uchun katta xizmat qilgan zakiy inson bo'lgan.Uning kelib chiqishi Frigiyadan bo'lib, u frigiyalik qul edi. Ezop nihoyatda xunuk ishga qovushiqsiz, qorni qappaygan, xumkalla, burni pachoq, yag'ir bosgan, qora tanli, majruh, qo'llari ham kalta, yelkasidan bukri bo'rtib chiqqan, labi do'rdaygan - shunday maxluqsifat bir kishi ediki, unga duch kelishning o'zi qo'rqinchli edi. Bu ham kamlik qilgandek u gapirolmaydigan soqov edi. Zabonsiz qulning shahardagi yumushlar uchun yaroqsiz ekanligini ko'rgan xo'jayini uni qishloqdagi xo'jaligiga, dala yumushlarini bajarish uchun jo'natib yubordi. Kunlardan bir kun xo'jayin qishloqqa keldi, dehqonlardan biri yangi uzilgan mazali anjirlarni olib kelib: - Mana xo'jayin, sizga yetilgan hosilning oldini olib keldim, - dedi. Anjirlar xo'jayinga juda yoqdi. - Hayotimni o'rtaga qo'yib qasam ichamanki, anjirlar juda zo'r bo'lib yetilibdi! Agafopod, bu anjirlarni men uchun olib qo'y, yuvinib olib tushlik qilib bo'lganimdan keyin ularni dasturxonga keltirasan, - deb buyurdi. Buni qarangki, ayni shu paytda Ezop ham ishlaridan tinchib, tushlik uchun kelgan edi. Qorni tatalab turgan Agafopod hech kimga bildirmasdan bir juft anjirni paqqos tushirdi, qolganlarini ham jon deb yerdi-ku, ammo qo'rqdi. Uning nima sababdan qiynalayotganini sezgan boshqa bir qul unga: - Og'ayni, xayolingdan nimalar kechayotganini sezyapman: anjir yeging kelyapti, shundaymi, - dedi. - Zevs haqqi qasam ichaman, to'g'ri topding, lekin sen buni qanday bilding? - deb so'radi u. Bunga javoban sherigi: - Senga bir qarashning o'zidan nima xohlayotganingni bilib olish qiyin emas. Endi menga quloq sol, men senga ularni qanday qilib birgalikda yeyishimiz mumkinligini o'rgataman. Agafopod esa: - Bundan hech qanday yaxshilik chiqmaydi, xo'jayin anjirlarni keltirishni buyurganida quruq qo'l bilan borsam nima bo'ladi? - deb so'radi qo'rqib. Og'aynisi: - Sen, tasodifan omborxona eshigi ochiq turgan ekan, buni ko'rgan Ezop u yerga kirib hamma anjirlarni paqqos tushiribdi, deysan. Ezop gapira olmaydi, shuning uchun kaltak uning boshida sinadi, sen esa anjirga to'yasan. Shu tariqa ular anjirlarni yeyishga tushdilar va: - Ha, endi Ezopning kuni bitdi! O'ziyam kaltak yeyishdan boshqa narsaga yaramaydi u badbaxt. Kel, bundan buyon kelishib olaylik: endi nimaiki sinsa, to'kilsa yoki yo'qolsa, biz: Buni Ezop qildi deb turaveramiz, shu yo'l bilan suvdan quruq chiqib, jazodan ham qutulib qolamiz. Suhbat asnosida ular anjirlarning hammasini yeb tugatishdi. Bu orada xo'jayin yuvinib kelib tushlik qilib oldi va anjir yegisi kelib: - Agafopod, qani anjirlaringni olib kel-chi, - deb buyurdi. Hamma anjirlarni Ezop yeb qo'yganidan xabar topgan xo'jayin aldanganini tushunib jahl bilan buyurdi: - Zudlik bilan Ezopni chaqiringlar! Ezopni chaqirib kelishdi, xo'jayin esa unga: - Ko'rnamak ablah, omborxonamga yashirincha kirib, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.55 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.55 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:03 ]
Arxiv ichida: doc