Farhod va Shirin va Layli va Majnun dostonlari Reja: Xusrav-Shirin-Farhod sujeti tarixiga oid ma'lumotlar. Farhod va Shirin dostoni kompozitsiyasi va sujeti. Layli va Majnun syujeti tarixi va taraqqiyoti. Navoiyning Layli va Majnun dostonida an'ana va o'ziga xoslik. Xamsanavislik an'anasining muhim jihatlaridan biri xilma-xil kompozitsion qurilmaga ega bo'lgan dostonlardan tarkib topishidir. Agar birinchi dostonlar (Hayrat ul-abror) fikriy-nazariy maqolotlar va kichik ilova-hikoyalardan tarkib topgan bo'lsa, keyingi ikki doston yaxlit sujetli, ya'ni ma'lum qahramonlarning ruhiy-jismoniy kechinmalari, ishqiy sarguzashtlarining badiiy tasviridan iboratdir. Alisher Navoiyning Farhod va Shirin hamda Layli va Majnun dostonlari shu xildagi asarlarning eng go'zal namunalaridir. Xusrav-Shirin-Farhod sujeti tarixiga oid ma'lumotlar. Ko'pgina sharqshunoslarning tadqiqotlarida qayd qilinganidek, bu qissa aslida tarixiy shaxs bo'lmish Xusrav Parvez bilan bog'lidir. Xusrav Parvez binni Hurmuz binni Anushervon sosoniylar sulolasiga mansub shohlardan bo'lib, u 590-628 yillar orasida hukmronlik qilgan. Uning shaxsiy va davlat arbobi sifatidagi fazilatlari haqida ma'lumot beruvchi ilk manbalar VII-XII asrlarga tegishli bo'lgan misrlik Simokatta va arman tarixchisi Sebeosning tarixiy asarlari hamda anonim Suriya solnomasidir. Arab tarixchisi Tabariyning Payg'mbarlar va shohlar tarixi hamda shu asarning fors tilidagi erkin tarjimasi bo'lgan Bal'amiyning Tarixi Tabariy asarlarida, XV asr tarixchilaridan Mirxond va Xondamirning asarlarida, jumladan Alisher Navoiyning Tarixi muluki Ajamida ham Xusrav tarixi bayon etilgan (6-tom, 215-218). Tarixiy asarlar, yodnomalarda Xusrav va Shirin muhabbati, hatto Shirin Xusravning jufti haloli ekanligi haqidagi ma'lumotlar bor. Ammo X asrgacha bo'lgan davrdagi manbalarda Farhod eslanmaydi. Faqat X asr tarixchisi Abu Ali Muhammad al-Bal'amiyning Tarixi Tabariyasarida Farhod tilga olinadi. Keyinchalik esa u badiiy tarzda bitilgan dostonlarning asosiy qahramonlaridan biri bo'lib qoladi. Shunday qilib, mazkur qissaning asosini tarixiy voqelik, ya'ni tarixiy shaxslar hayotidagi voqealar tashkil etsa-da, ammo keyinchalik bu tarixiylik faqat nomlarda saqlanib qolib, voqealar, sarguzashtlar bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi. Natijada, bu mavzuga murojaat etgan har bir shoir o'zining ijodiy maromi, dunyoqarashi va estetik mezonlari asosida asar yaratdi. Shuning natijasida, bunday asarlarda tarixiylikdan ko'ra badiiy yaratuvchilik me'yori etakchilik qilib, undagi obrazlar, voqealarning talqini ham turlicha yo'nalish va maqsadlarda amalga oshiriladi. Shundan-da, Xusrav, Shirin, Farhod obrazlarining turlicha tasvirlari, har xil talqinlari maydonga keladi. Jumladan, Abulqosim Firdavsiy Shohnomasida Xusrav va Shirin tarixiy nuqtayi nazardan tasvirlanib, unda Shirinni sevuvchi Farhod ko'rinmaydi. Balki unda tilga olingan Farhod Xusrav sarkardalaridan biri bo'lib, Shiringa hech qanday aloqasi bo'lmagan bir shaxs sifatida tasvirlangan. Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga murojaat etar ekan, avvalo unga tarixiylikni emas, balki badiiylik mezonini ustun qilib qo'yadi, ikkinchidan esa obrazlar talqinini o'zgartiradi. Natijada, Farhod toshyo'nar hunarmand hamda Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlanadi. Ammo u dostonning voqealarida boshdan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
47.32 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:03
Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
47.32 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:03 ]
Arxiv ichida: zip, docx