Fitrat Cho'lpon Vadud Mahmud Abdurahmon Sa'diy Otajon Hoshim Sotti husayn adabiy - tanqidiy jarayondagi faoliyati

Fitrat Cho'lpon Vadud Mahmud Abdurahmon Sa'diy Otajon Hoshim Sotti husayn adabiy - tanqidiy jarayondagi faoliyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Fitrat Cho'lpon Vadud Mahmud Abdurahmon Sa'diy Otajon Hoshim Sotti husayn adabiy - tanqidiy jarayondagi faoliyati - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Abdurauf Fitratning adabiy-tanqidiy faoliyatining asosiy yo'nalishlari haqida. Cho'lponing adabiy-tanqidiy qarashlari xususida Vadud Mahmud, Abdurahmon Sa'diy va Otajon Hoshim, Sotti Husaynlarning XX asrning birinchi yarmidagi adabiy-tanqidiy jarayondagi faoliyati va o'rni REJA: 1.Kirish. A.Fitratning hayot yo'li va adabiy merosi haqida. 2.Fitratning adabiy-tanqidiy qarashlarining asosiy tamoyillari va yo'nalishlari haqida. 3.Adabiyot qoidalari kitobining tahlili. 4.Fitrat yaratgan adabiy portretlar tahlili. 5.Fitrat ijodining hozirgi kundagi o'rganilishi tarixi va fitratshunoslikning ba'zi bir muammoli masalalari xususida. 6. A.Cho'lponning adabiy yo'li haqida qisqacha ma'lumot. 7.Cho'lponning adabiy-tanqidiy qarashlarining asosiy xususiyatlari haqida 8.Cho'lponning Adabiyot nadur kitobining tahlili. 9.Cho'lpon va jahon adabiyoti masalalari. 10.Cho'lpon-teatrshunos tanqidchi va baynalminal tadqiqotchi sifatidagi faoliyati haqida. 11.20-30-yillar tanqidchiligidagi asosiy yo'nalishlar haqida. 12.A.Sa'diy tanqidchilik faoliyatining asosiy yo'nalishlari haqida. 13.Vadud Mahmudning tanqidchilik faoliyati haqida. 14.Otajon Hoshimning ilmiy-nazariy va tanqidchilik qarashlari xususida.15.Sotti Husaynning adabiy -tanqidchilik yo'li hamda uning A.Qodiriy ijodiga bo'lgan munosabatining tahlili. 16.Xulosa. Fitratning adabiy-tanqidiy qarashlari xususida(1886-1938). Fitrat so'zi forscha bo'lib Abdurauf Abduraxim o'g'lining taxallusi mazkur so'z tabiiy talant ma'nosini anglatadi. Fitrat XX asr o'zbek adabiyotining asoschilaridan biridir. Uning ijodisiz o'zbek adabiyoti ancha kambag'al ko'ringan bo'lur edi. Fitrat tilshunos va tarixchi olim, davlat arbobi sifatida ham katta ishlarni amalga oshirdi. Fitratning 250 bosma tabog'dan ortiqroq adabiy merosi e'lon qilingan, 100 bosma tabog'dan ortiq badiiy va ilmiy asarlari esa hali e'lon qilinmagan. Masalan, uning Feodalizm davri o'zbek adabiyoti (1938. 12 bosma tabog'); Jadidlar davri o'zbek adabiyoti tarixi ocherki (1935. 15 bosma tabog'); Firdavsiy ijodi va hayoti (9 bosma tabog'). Fitrat ijodi asosan O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin keng o'rganila boshlandi. U Buxoroda ziyoli oilasida tug'ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununda o'qigan. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o'zlashtirgan. Adibning otasi savdo ishlari bilan shug'ullangan bo'lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo'lib, u tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning g'azallaridan xabardor bo'lgan. Fitrat 1909 yili Turkiyaga o'qishga borib, 1913 yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko'rgan. Turkiyada tashkil topgan Buxoro ta'limi maorifi uyushmasida faollik ko'rsatgan. Uning ilk to'plami 1911 yilda Sayha (Chorlov) nomi bilan chop etilgan. Sayyohi hindi, Munozara kabi asarlari ham shu yillarda Turkiyada nashr etilgan. 1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o'qiyotganida jadidchilik g'oyalari bilan tanishib, shu g'oyalar bilan sug'orilgan asarlar yozgan. U Turkiyadagi tahsili davrida o'ziga Fitrat (zukko, dono, bilimdon) deb taxallus olgan. 1913 yili yozgan «Munozara» nomli asarida o'z xalqini zulm botqoqidan qutqarib, najot yo'lini izlaganligini tasvirlaydi. Bu davrda Ovro'pa fani va madaniyatini targ'ib qilish ham Fitrat ma'rifatparvarligining muhim yo'nalishini tashkil etadi. Fitrat 1917 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 472.85 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 472.85 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga