FITRATNING HAYOTI VA IJODI (1886-1939) Reja: 1. Fitrat va jadidchilik harakati. 2. Fitratning ijtimoiy-siyosiy faoliyati. 3. Fitratning adabiy-badiiy merosi. 4. Fitrat - nasrnavis. 5. Fitrat - dramaturg Shoir va olim, va dramaturg, o'qituvchi va ma'rifatparvar Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida salmoqli o'rin egallaydi. O'zbek adabiyoti tarixini, ayniqsa 20-yillar adabiyoti tarixini Fitratsiz tasavvur qilish qiyin. Fitrat hayoti va ijodining adabiyotimiz tarixida tutgan o'rni va o'rganilishi masalasi. Fitrat eski usuldagi maktabda, so'ng Buxoro, Istambul madrasalarida, dorilfununlarida tahsil ko'rib, arab, fors, turk tillarini mukammal o'rganadi. Adibning otasi savdo ishlari bilan band bo'lib, asosan, onasi Bibijon tarbiyasida A.Navoiy, Fuzuliy, Badil, Umar Xayyom, Zebuniso, Uvaysiy asarlariga havas qo'yadi. Uning taqdirida Turkiya hayoti muhim ahamiyat kasb etadi. U Turkiyada tashkil etilgan Buxoro ta'lim maorifi uyushmasida faollik ko'rsatadi, Behbudiy asos solgan jadid usulidagi maktablar takomiliga xizmat qiladi. Uning ilk to'plami 1912 yilda Sayha (Faryod) nomi bilan chop etiladi. Sayyohi Hindi, Munozara kabi asarlari ham shu yillarda nashr etiladi. Uning 1913 yilda yaratgan i%Munozara asarida o'z xalqini zulm botqog'idan qutqarib najot yo'lini izlaganligi seziladi. 1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o'qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o'qituvchilarni hayratga soladi. Unga Fitrat, ya'ni donishmand taxallusini beradilar. Turkiyada tahsil olgan yillardan boshlab vaian va xalq taqdiri uchun kuyunish Fitratning butun faoliyati asosini tashkil etadi. 1917 yilga qadar uning qarashlarida. asosan. ma'rifatparvarlik g'oyalari yetakchilik qilgan. Uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga kelsak, Fitrat Yosh buxoroliklar harakatining so'l, radikal qanotiga boshchilik qilgan. 1919-1921 yillarda Chig'atoy gurungining rahbari bo'lgan. Moskva Sharqshunoslik institutida, O'zbekiston Davlat ilmiy tadqiqot institutida. Samarqand pedakademiyasida. Buxoro va Toshkentdagi O'qituvchilar institutlarida. Fan komiteti qoshidagi til va adabiyot institutida ishlagan. Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida Ham bir qancha asarlar yaratadi. Jumladan, Adabiyot qonunlari, Eski o'zbek adabiyoti namunalari, Aruz haqida kabi ilmiy kuzatishlari adabiyotshunoslik fani tarixida muHim roY o'ynaydi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil. Ahmad Yassaviy, Mashrab. Turdi, Muqimiy, Furqat haqidagi tadqiqotlari Ham adabiyotimiz tarixini o'rganishda muHim manba bo'lib xizmat etishi shubHasizdir. Fitrat oktabr to'ntarishini xursandchilik bilan kutib oladi. Biroq fevral inqilobi va oktabr to'ntarishi natijasida tug'ilgan umid uchqunlari o'zini oqlamadi. Ammo, baribir vatanni -Turkistonni milliy mustaqil ko'rmoq, xalqimiz jaHondagi taraqqiy etgan xalqlar qatorida bo'lishini xoxlamoq uning asosiy orzu armonlari edi. Shuning uchun Ham u bugun faoliyatini shu niyatlar bilan bog'ladi. Yolqinli asarlari bilan xalq ko'zini ochish, o'zligani anglashni oliy burch deb bildi. Buesa mustabid tuzumga yoqmadi, unga uzoq markazning tazyiqi tufayli yerlik amalparast rahbarlar tomonidan turli buxtonlar uyushtirildi. Natijada 1938 yil 4 oktyabrda qatl etildi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, Fitratning qator asarlari, shu jumladan Abulfayzxon, Hind ixtilolchilari nomli ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.31 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.31 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:04 ]
Arxiv ichida: doc