Fozil Yo'ldosh o'g'li

Fozil Yo'ldosh o'g'li

O'quvchilarga / Adabiyot
Fozil Yo'ldosh o'g'li - rasmi

Material tavsifi

Fozil Yo'ldosh o'g'li Fozil Yo'ldosh o'g'lidan yozib olgan 30 dan ortiq doston taqdir taqozosi bilan yo'qolsa-yu, faqat Alpomish dostoni saqlanib qolsa, zamonlar o'tib u inson el orasida buyuk bahshi nomi bilan tilga olinadi. O'g'o'z, Qipchoq, Oltoy, Qo'ng'irot versiyalariga ega bo'lgan bu dostonning 1928- yilda Mahmud Zarifov tomonidan Hodi Zarif rahbarligida Fozil Yo'ldosh o'g'lidan yozib olingan nusxasi butuun turkiy xalqlar orasida qahramonlik eposi hisoblangan Alpomishning eng mukammal va badiiy jihatidan yetugi hisoblanadi. 1952- yilda mustabid sovet tuzumi siyosatiga mos emaslikda ayblangan, 199- yilda esa mustaqilligimiz sharofati bilan ming yilligi nishonlangan Alpomishga ham Fozil Yo'ldosh o'g'li aytgan nusxa asos bo'ldi. Fozil Yo'ldosh o'g'li 1872- yilda Samarqand viloyati, Bulung'ur tumaniga qarashli Bo'dana hududidagi Loyqa qishlog'ida tug'ildi. Uning oilasi asosan dehqonchilik, qisman chorvachilik bilan shug'ullanardi. Taqdir Yo'ldoshni juda yoshligida sinovdan o'tkaza boshladi. 1877- yilda 5- yoshli Yo'ldosh otasidan yetim qoladi. Onasining qo'liga qaram bo'lib qolgan oilaning tashvishi kundan-kunga ortardi. Shuning uchun u to'qqiz yoshga to'lar to'lmas yollanib podachilik qilishga majbur bo'ldi. Bu haqda bahshi keyinchalik Kunlarim termasida shunday deydi: Olti yoshda qo'msab-qo'msab otamni, Og'ir mehnat ezdi sho'rli enamni, Ena-bola topolmadik bir nonni, Parcha non deb o'tgan kunlarim. Yetti yoshda ortdi mening kulfatim, Sakkiz yoshda og'ir mehnat ulfatim, Mehnat uchun sinab ko'rdim quvvatim, To'qqiz yoshga yig'lab yetgan kunlarim. To'qqizimda bel bog'ladim mehnatga, Cho'pon bo'ldim, tushdim yana g'urbatga, Ishlab edim, lekin qoldim minnatga, Parcha non deb minnat chekkan kunlarim. Do'mbiram kuyladi mening holimni, Men jo'r bo'lib so'kdim boyni -zolimni, Topdim do'stlar, shunda dardkashlarimni, Haq-nohaqni kuylab chertgan kunlarim. bahshidan yozib olingan bu termalar uning hayoti haqida ma'lum bir tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Xususan, ular vositasida biz Fozil Yo'ldosh o'g'lining bahshilar davrasiga o'z-o'zidan qo'shilib qolmaganini bilib olamiz. bahshi uchun hayotni bilish, turmushning achchiq-chuchugini tatib ko'rish ham o'ziga xos tajriba maktab bo'lgan. Bu maktabdan Fozil shoirning tuzukkina ta'lim olgan, uning keyingi paytlarda kuylagan terma va dostonlaridan ma'lum bo'ladi. Hatto, olimning ma'lumot berishlaricha, Fozil Yo'ldosh o'g'li ulg'aygani sari chorvachilik, dehqonchilik sirlarini egallab borar ekan, hamyurtlari orasida Loyqa qishlog'ining eng epchil o'roqchisi nomini olishga muyassar bo'ladi. Ammo vaqt o'tgani sari yoshligida chertishni o'rgangan do'mbira unga tinchlik bermadi. Qayta-qayta bahshilar davrasida ishtirok etish esa ko'p o'tmay o'z davrining eng mashhur ustoz bahshilardan Yo'ldoshbulbulning e'tiborini o'ziga tortdi. U mohir san'atkordan doston aytish sirlarini egalladi. Albatta, havaskor doston ijrochisidan yetuk bahshi nomiga yetishishi undan katta mehnatni, ijodda o'tadigan uyqusiz tunlarni talab qilardi. Fozil bahshidagi iroda bu talablarga javob berish uchun yetarli quvvatga ega bo'ldi. Yosh ijrochi o'z ustozi va hamyurtlaridan qirqdan ortiq dostonni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.63 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.63 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga