Franchesko Petrarka

Franchesko Petrarka

O'quvchilarga / Adabiyot
Franchesko Petrarka - rasmi

Material tavsifi

(20.7.1304- 13.7.1374) FRANCHESKO PETRARKA Franchesko - ital'yan shoiri, ital'yan adabiy tilining asos- chilaridan biri, faylasuf. 1304-yilning 20-iyo'lida Italiyaning Aretstso shahrida tug'ilgan. Monpel'e (1316), Bolon'ya (1320) universitetlarida huquqshunoslikdan ta'lim olgan. 1326 y. Avin'onga ko'chib borib, diniy rutbani qabul qilgan va oliy martabali ruhoniylar bilan yaqinlashgan. Petrarka o'rta asr aqidalaridan mutlaqo xoli bo'lmagan esa-da, Uyg'onish davrining gumanizm g'oyalari bilan yo'g'rilgan madaniyatiga tamal toshini qo'ygan. Petrarka Petrarka lotin tilidagi «Dunyoga nafrat to'g'risida» (1342-43) falsafiy risola, «Uzlatdagi hayot to'g'risida» va «Rohiblar farog'ati to'g'risida» (1346-66) risolalari muallifi. Shoir she'riyatni katta tarbiyaviy va estetik qimmatga ega ekanligini alohida ta'kidlaydi. Petrarka «O'zimning va boshqa ko'plab kishilarning johilligi to'g'risida» (1367-70) asarida Aristotel' «Etika»sida bayon qilingan mavhum fikrlarni rad etadi hamda amaldagi axloq me'yorlarini va insonni yaxlit holda o'rganish g'oyasini afzal, deb hisoblaydi. Petrarkaning «Avlodlarga maktub» (1374) nomli muxtasar avtobiografiyasi ham muayyan ahamiyatga molik. Shuningdek, u antik dunyoni ideallashtirgan Yevropashoirlaridan biri sifatida lotin shoirlarining qo'lyozmalarini to'plab, ularga sharhlar yozdi, ayni paytda o'z asarlari bilan klassik lotin tilini tiklashga urindi. Agar uning lotin tilidagi «Afrika» (1339-42, tugallanmagan) dostoni Vergiliyning «Eneida»si uslubida yozilgan bo'lsa, majoziy mazmundagi «Bukolikalar» (1346-57) asari cho'ponlar eklog (qo'shiq)lariga tatabbu tarzida maydonga kelgan. Petrarka ijodida Lauraga bag'ish-langan lirik she'rlar turkumi, ayniqsa, katta badiiy qimmatga ega. Shoirning e'tirof etishicha, u Laurani 1327-yil Avin'on shahridagi ibodatxona-larning birida uchratib, uni bir umrga sevib qolgan. Shoirning Lauraga bag'ishlangan she'riy turkumi «Kantson'ere» deb atalgan («Madonna Laura hayotiga» va «Madonna Laura o'limiga», 2 qism). 317 sonet, 29 kantsona, 9 sekstina (to'qqizlik), 7 ballada va 4 madrigaldan tashkil toptan «Kantson'ere» o'ziga xos she'riy kundalikdir. Petrarka salaflaridan farqli o'laroq, sevimli ayol obrazini aniq-tayin va hayotiy belgilar bilan boyitgan. Shu sababdan ham uning lirikasi nafaqat ital'yan, balki Yevropalirikasi taraqqiyotida yangi davrni tashkil etadi. Petrarka lirik she'rlaridan tashqari, tertsina (uchlik) b-n yozilganPetrarka «Tantanalar» (1354) majoziy dostonini ham Lauraga bag'ishlagan. Uning lirikasi, ayniqsa, sonetlari Yevropashoirlari ijodiga katta ta'sir ko'rsatgan. O'zbek she'riyatida Usmon Nosir, Rauf Parfi va B. Boyqobilov singari shoirlar ijodida sonet janrining paydo bo'lishi va taraqqiyoti ham Petrarka ijodining ta'siri samarasidir. Petrarkaning bir qancha sonetlari o'zbek tiliga tarjima qilingan Ruschadan Salim Ashur tarjimasi SHE'RLAR Chaman undi qiz qarashida, Qoq tuyg'ular tiriklik tuydi, Sho'x kapalak qanoti kuydi, Ul nigohning shan otashida. Kapalakdek asir bo'ldim men, Ma'sum nazar, foje' qarashga. Muhabbatni suyub tarashda Kapalakdek basir bo'ldim men. Bilamanki, etarkan ta'qib, Kul qiladi ul shahlo oftob, Eski og'riq - eng sodiq raqib Muhabbatning tuhfasi - sarob, Ulfat bo'lsam - gulchambar taqib, Ajal tutar qo'limga sharob. Unutmaylik u oy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 616.98 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 616.98 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga