Furqat ijodi

Furqat ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Furqat ijodi - rasmi

Material tavsifi

Furqat ijodi Zokirjon XolMuhammad o'g'li Furqat milliy madaniyatimiz tarixidagi yorqin siymolardan biri, ulkan ijodkor va qomusiy olimdir. Uning dil o'rtar lirik she'rlari, ajoyib nasri, publitsictikasi o'zbek adabiyoti xazinasini boyitgan bo'lsa, adabiyotshunos va tarixchi, etnograf (elshunos) va tarjimon, jurnalist va xattot, geograf va hakim sifatidagi serqirra faoliyati ham tahsinga sazovor. Atigi 51 yillik umri (1859 - 1909) davomida Furqat madaniyatimiz taraqqiyotiga ulkan ulush qo'shganiga uning boy ilmiy-adabiy merosi dalil bo'la oladi. Furqat shoir va olimlar shahri Xo'qandi latifda tavallud topdi. Shoirning otasi Xolmuhammad garchi savdo ishi bilan mashg'ul esa-da, o'qimishli, ilm - ma'rifatni qadrlovchi insonlardan bo'lgan. Zokirjon bolalik va o'smirligida 10 yil ilm tahsili bilan band bo'ldi - dastlab maktabda, so'ng madrasada ta'lim oldi. Shu yillar uning ilm -ma'rifatli inson sifatidagi shakllanish yillari bo'ldi desak, yanglishmagan bo'lamiz. U 9 yoshidan boshlab she'riy ijod bilan shug'ullanadi, hatto tushida hazrat Mir Alisher Navoiy duosiga sazovor bo'ladi. O'n yoshida xattotlikni o'rganadi. O'n ikki yoshida Qur'oni karimni xatm qilib, qori bo'ladi. Sharq adabiyotining zabardast vakillari Hofiz SHeroziy, Sa'diy SHeroziy, Bedil, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, So'fi Olloyor va boshqa mumtoz adiblarning asarlarini mutolaa qiladi, arab va fors tillarini puxta o'rganadi . 1876 yili Qo'qon xonligi tugatilib, o'rnida Rossiya imperiyasiga tobe Farg'ona oblasti tashkil etilgach, shahardagi madrasalarda o'qishlar birmuncha vaqt to'xtab qolgan, talabalar uy-uylariga tarqab ketgani ma'lum. Shundan so'ng Zokirjon otasining savdo-sotiq ishlariga yordam beradi. So'ng uning hayoti Yangi Marg'ilon (hozirgi Farg'ona), Marg'ilon, yana Qo'qon shaharlarida o'tadi. Savdogarlik qiladi, madrasa ta'limini davom ettiradi. Olim va fozillar, shoirlar orasida o'z iste'dodi va bilimi bilan hurmat-e'tibor qozonadi. Uning nomi Muhyi, Muqimiy, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, Xojajon Rojiy, Umidiy-Havoiy, Roiq, Ishoqxon Ibrat, Nodim Namongoniy, Yoriy, Zoriy, Nusrat kabi shoirlar qatorida tilga olinadi. SHe'rlari qo'lyozma bayozlardan o'rin olib, muxlislar orasida tarqala boshlaydi. Mug'anniylar Furqatning go'zal g'azallari, muxammas va musaddaslariga kuy bastalaydilar, hofizlar ularni sevib ijro etadilar. Biroq taqdirning beshafqat hukmi uni ona-shahridan chiqib ketishga majbur qiladi. 30 yoshida Qo'qondan sayohat bahona bo'lib ketib qolgan Furqat ona-shahriga boshqa qaytmadi. U dastlab Xo'jandda 3-4 oy, so'ng Toshkentda qariyb 2 yil istiqomat qiladi. Yangi-yangi do'stlar orttiradi. Zero, Furqat kabi dilbar insonlarning, fozil va shoirlarning har yerda muxlislari ko'p bo'ladi. Muxlislik shoirning xushmuomalasi tufayli do'stlikka aylangan bo'lsa ajabmas. Furqat do'st-oshnolarining yordamida Toshkentda ham e'zozda bo'ldi. Ularning ko'magida Toshkentda Yevropamadaniyati bilan tanishdi va bu voqea uning hayotida ulkan burilish yasadi. Hassos shoirga Yevropata'lim tizimi, san'ati, ilm-fani yutuqlari, teatri, texnikasi juda katta ta'sir ko'rsatdi. Tolibi ilmlarning gimnaziyada dunyoviy fanlarni zavq-shavq bilan o'rganayotganlari uni lol qoldirdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.44 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.44 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga