Fuzuliy. G'azalyot

Fuzuliy. G'azalyot

O'quvchilarga / Adabiyot
Fuzuliy. G'azalyot - rasmi

Material tavsifi

Fuzuliy (1498- 1556) Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy Sharqning eng mashhur shoirlaridandir. U 1498- yilda Iroqning Karbalo shahrida tug'ilgan. Karbalo dashti haqida Payg'ambarimizning nabirasi Imom Husayn Karbalo dashtida shahid bo'lgani sababli bu yurt juda mashhur bo'lib ketgan. Shoira Uvaysiy bu haqdagi dostonini Karbalonoma deb atagan edi. M a d h Zamonamizning taniqli shoiri E. Vohidovning Fuzuliy haykali qoshida she'rida shunday misralar bor: Yellar, bir daqiqa to'xtang esishdan, Sernavo bulbullar, sayramang biroz. Karbalo dashtida yayov kezishdan Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz. Yosh Muhammad shoir sifatida Bag'dodda shakllandi. Uning Fuzuliy taxallusi yoniga Bag'dodiy nisbasining qo'shilib kelishi shundan. Shoir taxallusining o'zagi fazl (fazilat) so'zidan, fuzul fazlning jamini, fozil, fazilat egasi ma'nolarini beradi. Bo'lajak shoir maktab, madrasada qunt-ishtiyoq bilan o'qigan. Uning ona tilidan tashqari arab, fors tillarini ham mukammal o'rganib, ularda ajoyib she'rlar bitishi, tabiiy fanlardan chuqur xabardorligi bunga dalil. Ozarbayjon, fors va arab tillarida ijod qilgan. Otasi Bayot kabilasidan bo'lib, XV asr oxirlarida Ozarbayjondan Bag'dodga ko'chib borgan. Bag'dod madrasalarida tahsil olib, o'zi ham mudarrislik qilgan. Uzoq vaqt Bag'dodda yashagan. Ozarbayjon hukmdori shoh Ismoil I Safaviy va Turkiya sultoni Sulaymon I Qonuniy shoirni moddiy jihatdan bir oz ta'minlab turganlar. Bilib oling! Fuzuliy boy adabiy an'anaga ega bo'lgan forsiy va turkiy adabiyotning Xoqoniy Shirvoniy, Mujrim Baylagani, Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy Sheroziy, Salmon Sovajiy, Hofiz Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy ijodini mehr bilan o'qib-o'rganib, ularning mahorat sirlaridan bahramand bo'lgan. Shoir ijodiga, ayniqsa, Lutfiy bilan Navoiy kuchli ta'sir ko'rsatgan. Fuzuliy devon tuzib, uni «Muhabbatnoma», «Farzandi dilband» deb ta'riflagan. Shoir ishqiy lirikasida insonning ma'naviy olami, jo'shqin his-tuyg'ular tug'yoni, olijanoblik bilan jaholat, ochko'zlik o'rtasidagi kurash, insonga samimiy, yuksak muhabbat bilan bog'liq botiniy kechinmalar aks ettirilgan. Fuzuliy poetik merosining asosiy qismini g'azal va qasidalar tashkil etadi. Fuzuliy ijodining cho'qqisi «Layli va Majnun» dostoni (1536-37)dir. Asar lirik-epik xarakterda bo'lib, Sharqda mashhur bo'lgan an'anaviy syujet va obrazlar asosida yaratilgan va turkiyzabon xalqlar o'rtasida keng tarqalgan. Asarlari «Matla' ul-e'tiqod» falsafiy risolasi; «Hadiqat us-suado» («Baxtiyorlar bog'i»); «Suhbat ul-asmor» («Mevalar munozarasi»); «Shikoyatnoma»; «Bangu boda» («Bang va boda»); «Anisul-qalb» («Qalb do'sti»); «Yetti jom» yoki «Soqiynoma»; «Rindu Zohid»; «Sihhat va Maraz» («Sog'lik va bemorlik») kabi nazmiy-nasriy, falsafiy-didaktik asarlari ozarbayjon adabiyotining eng nodir durdonalari hisoblanadi. Meros Atoqli ozarbayjon bastakori Uzayr Hojibekov 1908 yil «Layli va Majnun» dostoni asosida birinchi ozarbayjon operasini yaratgan. 1958-61 yillarda Hamid Arasli tahririda Fuzuliy asarlarining to'la ilmiy-tanqidiy nashri yaratildi. Devonining 1581-yil ko'chirilgan nusxalaridan biri O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanadi. O'landan so'r… Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o'landan so'r, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 384.59 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 384.59 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga