G'afur G'ulom (1903 - 1966)

G'afur G'ulom (1903 - 1966)

O'quvchilarga / Adabiyot
G'afur G'ulom (1903 - 1966) - rasmi

Material tavsifi

G'AFUR G'ULOM (1903-1966) Reja: 1. G'afur G'ulom ijodiy faoliyatining o'rganilishi. 2. G'afur G'ulomning she'riy asarlari. 3. G'afur G'ulom nasri. 4. G'afur G'ulomning o'zbek adabiyotidagi o'rni. G'afur G'ulom XX asr o'zbek adabiyotining yirik vakilidir. Uning she'rlari, hikoyalari, qissalari, tarjimalari, badiiy publitsistikasi, ilmiy-tanqidiy maqolalari noyob natijalardan xoli bo'lmagan sho'ro davri adabiyotidagi murakkablik va o'ziga xos izlanishlarni mujassam etadi. U og'ir turmush noilojligi bois, oliy ma'lumot olishga ulgurmadi. Biroq, hayot atalmish darsxonada obdan o'qidi, badiiy ijodning nozik sir-asrorlarini o'rgandi. G'afur G'ulom 1903- yil 10-mayda Toshkentda, kambag'al oilada tug'ildi. Taqdir uning boshini ko'p ham silamadi. Ota-onadan erta yetim qoldi. Singillarini boqish uning zimmasiga tushdi. Jadid maktabida o'qidi. Chor devon, Haftiyak, Yassaviy asarlarini mutolaa qildi. Bosmaxonada harf teruvchi bo'lib ishladi. Sho'ro to'ntaruvigacha rus-tuzem maktabida, so'ng sakkiz oylik muallimlar kursida tahsil oldi. Tuzum yoshlarga o'z ta'sirini o'tkazish uchun juda katta kuch sarfladi. Navqiron avlodga suronli va intiluvchan ruhni singdirishda, ularga imkoniyat imtiyozlar berishda katta ishlar amalga oshirildi. Arpapoyalik vigit yangi maktabda o'qituvchi, direktor bo'lib ishladi, internatda mudirlik qildi. Kunlarning birida boquvchisiz yetim-yesirlarga termulib, ich-ichidan ezildi, xo'rligi keldi. o'zining yetim bolaligini esladi. Tuyg'ulari bir havolandi-yu. marjon yosh ko'ksiga emas, qog'ozga she'r bo'lib to'kildi. O'zbek adabiyotida, jahon adabiyotida yangi bir shoir tug'ildi. Sharq haqiqati, ,,Qizil O'zbekiston gazetalari, ,,Yeryuzi, ,,Mushtum jurnallarida adabiy xodim, maxsus muxbir bo'lib ishlash G'afur G'ulomga hayotni, jamiyatni, zamondoshlarni chuqur o'rganish imkoniyatlarini yaratdi. Ijodni she'r bilan boshladi, lekin, elga-yurtga dastlab felye'tonchi, publitsist, hajviy hikoyanavis sifatida tanildi. ,,Netay, ,,Yodgor, ,,Shum bola singari qissalari mamlakatga mashhur qilib yubordi. ,,Sen yetim emassan, ,,Men yahudiyman kabi she'rlari bilan o'zbek adabiyotini yuksak minbarga olib chiqdi. O'zi jahonga tanildi. Hayotligidayoq va vafotidan so'ng ham, asarlari mamlakatning nufuzli mukofotlari bilan taqdirlandi. G'afur G'ulom O'zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi, O'zbekiston xalq shoiri edi.Uning o'n ikki jildlik mukam-mal asarlar to'plami nashr etilgan. Mustaqillik davriga kelib, Gafur G'ulom nomiga hurmat-e'tibor yanada ortdi. Tavalludining yuz yilligini nishonlash haqida hukumatning maxsus qarori qabul qilindi. Buyuk xizmatlari uchun maxsus nishon bilan taqdirlandi. Jumhuriyat Prezidenti tashabbusi bilan poytaxtdagi go'zal istirohat bog'laridan biri G'afur G'ulom nomi bilan ataladigan bo'ldi. Bog'da shoirning muhtasham va salobs haykali qad ko'tardi. G'afur G'ulom butun umri davomida ko'pdan ko'p she'rl. dostonlar yozdi. Jamiyat hayotining qaynoq manzillari zamondosh qalbining toza iqlimlarini, intilish bunyodkorlikning ko'tarinki ruhiyatini lirik.qahramonning mill siyrati va suratida poetik joziba bilan gavdalantirish G'al G'ulom she'riyatining o'ziga xos xususiyatidir. To'g'ri uni she'rlarida firqa, siyosat, mafkura, tuzum va jamiyatning bad: ijodga la'siri, san'atkor dunyoqarashiga tazyiqi bil izohlahuvchi cheklanish, kamchilik yo'q emas. Lekin sh asarlarining ijodiy yuzini. o'zligini, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga