G'afur G'ulom hayoti va ijodi (1903-1966) R E J A: 1.Gafur Gulom hayot yo'li haqida. 2.Gafur Gulom va Sharq mumtoz adabiyoti. 3.Gafur Gulom hikoya va qissalari. 4.Gafur Gulom tarjimalari. 5.Gafur Gulom-adabiyotshunos. Gafur Gulom o'zbek adabiyotining iste'dodli ijodkori. U adabiyotimizni turli janrlar bilan boyitdi. She'riyatda, publitsistika va fel'etonchilikda, hajviy hikoya va yumoristik qissachilikda, hamda tarjimachilikda o'zining butun salohiyatini ko'rsatgan yirik namoyondadir. Gafur Gulom 1903 yil 10 maydi Toshkent shahrining Qo'rgontegi mahallasida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Gulom Mirza Orif o'gli va onasi Toshbibi Yusuf qizi o'qimishli, zehnli, adabiyotni sevadigan, fors tilinig bilimdoni bo'lishgan. Otasi tatar, rus, ozarbayjon tillarini ham yaxshi bilgan . Gafur Gulom yoshligidan bilimga chanqoq yigit bo'lgan. Navoiy, Sa'diy, Hofiz, Fuzuliy asarlarini sevib o'qigan. Afsuski, 1912 yilda otasidan, 1918 yilda esa onasidan erta judo bo'ldi. Oilani boqish tashvishi tufayli Oliy maktablarda o'qiy olmaydi. Sakkiz oylik muallimlar tayyorlash kursinigina bitkazadi va mustaqil o'qish orqali zamonasining ilg'or ziyolisi darajasiga ko'tariladi. Bir vaqtning o'zida ikkita maktabga mudirlik qildi, shahar maorifida ishladi. Turli gazeta- jurnallarda adabiy xodim, mudir, bosh muharrir o'rinbosari vazifalarida ishladi. Gafur Gulomning ijodga kirib kelishida Sharq she'riyati-Navoiy, Bobur, Mashrab, Muqimiy, Hofiz, Shayx Sa'diy, Firdavsiy, Rudakiy, Umar Hayyom,Bedil kabilarning ijodlari juda katta ta'sir ko'rsatdi. Keyinchalik bu ulug allomalarning asarlarini Gafur Gulom o'zbek tiliga tarjima qildi. Gafur Gulomning ilk ijodining debochasi 1923 yilda matbuotda e'lon qilingan Go'zallik nimada? she'ridir. Shoirning 1931 yilda Dinamo, 1932 yilda Tirik qo'shiqlar she'riy to'plamlari chop etildi. Nasriy asarlari-qis- salari Netay 1930 yilda, Tirilgan murda 1934 yilda, Shum bola , Yodgor qissalari yaratildi. Ballada janrida Ikki vasiqa, To'y asarlarini yozdi. Gafur Gulom urush yillarida samarali ijod qildi. Kuzatish, Soginish, Qish, Xotin Bizning ko'chada ham bayram bo'lajak , Suv va nur she'rlari ayni shu davrning mahsulidir. Gafur Gulomning barchaga ma'lum va mashhur Sen etim emassan she'ri 1941 yil 7 dekabrda kuchli ichki tugyon bilan yozilgan. Ushbu she'rni shoir qayta-qayta ishlov berib, tahrirlar kiritib, shundan keyingina eng so'nggi poetik matnini yaratgan: Etimlik nimadir- Bizlardan so'ra. O'ninchi yillarning Sargardonligi; Isitma aralash Qo'rqinch tush kabi Xayol ko'zgusidan O'chmaydi sira. . . Ma'lumki, ushbu she'r ikkinchi jahon urushi ayni dahshatli tus olgan bir paytda, beomon, qonli qirgin olovi ostida qolgan belorus, ukrain va rus tuprogida ota-onasiz etim bo'lib qolgan murgak go'daklarning O'zbekiston tuprogiga olib kelinishi davrida yozilgan. Davr, muhit, vaziyat nuqtai-nazaridan bu she'r dard avjida qilingan rohatbahsh malhamga o'xshaydi. Uning markazida mehribon ota, faylasuf shoir, bebaho homiy, rahmdil inson va ishonchli qo'riqchi obrazi- shoir Men i turadi. Shu bois uning mehrga yo'grilgan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
367.1 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:04
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
367.1 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:04 ]
Arxiv ichida: zip, doc